10-mavzu. Agrar bozorning shakllanishida tabiiy omillarining xususiyatlari


Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor texnologiyalar



Yüklə 147,81 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü147,81 Kb.
#158990
1   2   3   4
10-мавзу, маъруза

4. Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor texnologiyalar.
Bozor munosabatlari sharoitida itisodiyotning barcha tarmolarida, shu jumladan ishlo xo‘jaligida yuori sifatli masulotlarini yetishtirish zaruriyati fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, jumladan, yer va suv resurlaridan, mineral va mahalliy o‘g‘itlardan, samarali, oqilona foydalanish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun tejamkor va qayta tiklanuvchi resurslardan samarali foydalanishning ahamiyatini oshirmoqda. Qishloq xo‘jaligida tejamkor va qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishning zaruriyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • aholining o‘sish sur’atlari bilan oziq ovqat mahsulotlarining o‘sish sur’atlari o‘rtasida kelib chiqqan nomutanosiblik;

  • aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tez sur’atlar bilan kamayib borayotganligi;

  • agroresurslarning miqdoran cheklanganligi va sifat jihatidan farqlanishi;

  • mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi masalalaridagi muammolarni hal etish va oziq-ovqat mahsulotlarini maksimal ichki imkoniyatlar hisobiga qondirish;

  • aholini sifatli va arzon mahsulotlarga bo‘lgan talabining cheksizligi va uni to‘laroq qondirishdagi muammolar;

  • qayta ishlash sanoati korxonalarini xom ashyoga bo‘lgan talabning yetarli darajada qondirilmayotganligi;

  • yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini jahon bozori talablariga javob bermasligi va tovarlilik xususiyatlarining pastligi;

  • suv ta’minoti masalasidagi muammolar va manbadagi suv resurslari hajmining kamayib borayotganligi;

  • cheklangan yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini keskin oshirish zaruriyati;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlar bozorlarida noraqobatbardoshligi;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish mavsumiyligini keskin kamaytirish zaruriyati;

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining faoliyati samaradorligini bozor talablariga moslash.

Qishloq xo‘jaligida yangi va tejamkor texnika-texnologiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirish, jamg‘arma miqdori va kapital sarflar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligida yangi va tejamkor texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati quyidagi omillarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga ko‘rsatadigan ta’sirida namoyon bo‘ladi:

  • ishlab chiqarish jarayonida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, moddiy-texnik ta’minot hamda investitsiyalarni tadbirkorlik faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;

  • agrar tarmoqning respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish va tarmoq oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘la ijrosini ta’minlash;

  • agrar tarmoq ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibini takomillashtirish va kamaytirish;

  • yetishtirilgan mahsulotning assortimentini ko‘paytirish, miqdori, sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

  • iqtisodiy munosabatlarni bozor tamoyillariga moslash va baholar tizimini optimallashtirish;

  • ishlab chiqarishining ixtisoslashishi, joylashishi hamda ichki va tashqi integratsiyalashuv jarayonlarini faollashtirish;

  • yangi va tejamkor texnologiyalarini qaerdan, qanday qilib sotib olish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qachon, kimga, qanday tartibda sotish masalalarini aniqlash;

  • xorij hamda respublikamizdagi ilg‘or fermer xo‘jaliklarining erishgan yutuqlarini chuqur o‘rganish va ularni boshqa xo‘jaliklarga joriy qilish.

Ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradoligi ko‘rsatkichlari mavjud yoki potensial iste’molchilarning mahsulot sifati to‘g‘risidagi fikrlarini yig‘ish va tahlil qilishga tayanadi.
Fermer xo‘jaliklarida yer maydonlaridan yuqori samara bilan foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish ko‘p jihatdan zamonaviy ilg‘or hamda resurstejamkor texnologiyalarni keng qo‘llash va agrotexnika ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirishga bog‘liq. Buning uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • barcha haydaladigan maydonlari tuproq tarkibi va sifatini maxsus zamonaviy laboratoriya sharoitida qayta o‘rganib chiqish va baholash;

  • yerlarni tuproq tipi, o‘g‘itlash me’yorlari hamda almashlab ekish nisbatlariga ko‘ra o‘g‘itlab hamda ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashni yangi texnologiyalarni qo‘llab o‘z vaqtida va sifatli shudgorlash;

  • tuproq tarkibi sho‘rlangan yerlarning sho‘rini muntazam ravishda va optimal muddatlarda yuvishni tashkil ilish;

  • barcha agrotexnik va agrokimyo chora-tadbirlarini ilm-fan tavsiyalariga va ilorlar tajribalarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish;

  • sug‘orish tadbirlarini o‘z vaqtida va tejamkor texnologiyalardan oqilona foylangan g‘olda amalga oshirish;

  • qo‘l terimida hosilning ifloslanishiga qarshi kuchli nazorat tashkil etish va toza tergan terimchilarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etish;

  • hosil yig‘ib olingandan so‘ng gektariga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it solib, maydonlarni tekislash va kuzgi ekishga tayyorlab qo‘yish va boshqalar.

Dunyoning ko‘pgina hududlarida, qolaversa, mintaqamizda, jumladan, mamlakatimizda ham suv resurslariga bo‘lgan talab ortayotganligi bilan birga, suvning taqchilligi ham yildan yilga oshib bormoqda. 2000 yilgacha kam suvli mavsum har 6-8 yilda bir marta kuzatilgan bo‘lsa, oxirgi yillarda bu jarayon har 3-4 yilda takrorlanmoqda. Bunda suv taqchilligini, ayniqsa, daryolarning quyi qismida hamda kanal va boshqa suv manbalaridan uzoqda joylashgan iste’molchilari chuqur his etmoqdalar.
Respublikamizda suv resurslaridan tejamli va samarali foydalanish asosida sug‘oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish, bu borada oziq-ovqat mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda ichki bozorni to‘ldirish orqali mamlakat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoda.
Suv manbalaridan 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 90-yillarda 18 ming m3/ga ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 40 foizga kamaydi.
Ekinlarni sug‘orishda suvdan tejamli foydalanish tadbirlari orasida bir qator tashkiliy jihatlari borki ularga amal qilish suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qiladi. Jumladan:

  • fermerlar orasida suvni navbatma-navbat ishlatishni tashkil qilish, bunda suvni avval bitta dalaga, keyin esa boshqasiga uzatilishi natijasida kanaldagi suv isrofi 10-20 % ga, dala o‘qariqlaridagi suv isrofi yesa 30-35% gacha kamayadi;

  • sug‘orish ariqlarini loyqa va begona o‘tlardan tozalash, beton va nov ariqlarning singan, yorilgan va teshilgan joylarini ta’mirlash tadbirlari ham dalada suv ta’minotini yaxshilaydi;

  • fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini suvni boshqarish va o‘lchash inshootlari bilan jihozlash ishlari suvni adolatli taqsimlash imkonini beradi;

  • erta bahorda yoki ekish oldidan o‘tkazilgan nam to‘plovchi sug‘orishlar g‘o‘zalarni birinchi sug‘orishsiz bir tekis undirib olishga to‘liq imkon beradi;

  • suvning qat’iy hisob-kitobining joriy etilishi undan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.

Suv bilan birga:

  • sug‘oriladigan yerlarni tekislash, yer maydonining nishabligiga qarab egatlarni qisqa olish (50-60 m);

  • egat oralatib sug‘orish (20-25 foiz suv tejaladi);

  • suvchilar sonini ko‘paytirish va har 8-10 l/s suvga bittadan suvchi jalb etish, tungi sug‘orish ishlarini tashkil etish;

  • Sug‘orishni sharbat oqizib tashkil etish va qator orasiga o‘z vaqtida ishlov berish, suvni tashlama va zovurga behuda tashlab qo‘yish, ko‘llatib va zaxlatib sug‘orishga yo‘l qo‘ymaslik ham o‘z samarasini beradi.

Mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarning bir qancha turlari qo‘llanilib, ular quyidagilar:

  • Egatga plyonka to‘shab sug‘orish;

  • O‘qariqlar o‘rniga egiluvchan plyonkali quvurlardan foydalanish;

  • Tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash, dalaga suv berish miqdori 25–30 foizgacha kamayadi, egat olinmaydi;

  • Yomg‘irlatib sug‘orish (bunda asosan bir yillik ekinlar sug‘oriladi).

  • Tomchilatib sug‘orish.

Ushbu suv tejovchi texnologiyalar ichida tomchilatib sug‘orish alohida ahamiyatga va afzalliklarga egadir. Ushbu texnologiyaning boshqa sug‘orish usullaridan farqli va afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:

  1. yuqori samaradorligi, ya’ni suv resurslari tanqisligi sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olish imkonini berishi;

  2. tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suvni boshqarish mumkinligi, ya’ni suv har bir ekinning ma’lum davrdagi ehtiyojiga mos ravishda dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi;

  3. ekin ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida o‘simlik uchun maqbul bo‘lgan suv-fizik muhit yaratilishi.

Tomchilatib sug‘orishda quyidagilar hisobiga suv tejaladi

  • sug‘orish rejimini o‘simlikning suvga bo‘lgan talabiga mosligi;

  • tuproqdan bug‘lanadigan suvning kamligi;

  • suvning dala bo‘ylab tarqalmasligi va tuproqga singib ketmasligi;

  • suv oqavaga tashlanmasligi.

Tomchilatib sug‘orishning iqtisodiy va texnologik samaradorligi quyidagilarda o‘z aksini topadi:

  • Tomchilatib sug‘orish natijasida boshqa sug‘orish usullariga nisbatan 20 foizdan 60 foizgacha suv tejaladi.

  • Tomchilatib sug‘orishda suv o‘simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dala tuprog‘i qotmaydi, natijada tuproqni yumshatishga (kultivatsiya) va ariq olishga hojat qolmaydi. Tuprog‘i qotmagan maydon esa mavsum oxirida oson haydaladi.

  • O‘g‘it suv bilan birga berilganligi bois, o‘g‘itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo‘qoladi.




Yüklə 147,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə