10-mavzu. Agrar bozorning shakllanishida tabiiy omillarining xususiyatlari



Yüklə 147,81 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü147,81 Kb.
#158990
  1   2   3   4
10-мавзу, маъруза


10-mavzu. Agrar bozorning shakllanishida tabiiy omillarining xususiyatlari
Reja:
1. Tabiiy resurslar va ulardan samarali foydalanish.
2. Yer bozori tushunchasi va uni tartibga solishning huquqiy normalari.
3. Yer rentasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlari.
4. Yer va suv resurslaridan foydalanishda yangi va tejamkor texnologiyalar.


1. Tabiiy resurslar va ulardan samarali foydalanish.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldida doimo muammolar mavjud bo‘lgan. Ayrim muammolarning paydo bo‘lishiga insoniyatning o‘zi sababchi bo‘lgan bo‘lsa, ularning ba’zilari tabiat va jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga kelgan. Aynan shunday muammolarning asosiylaridan biri yer kurrasidagi mavjud tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishdir.
Tabiiy resurslarning cheklanganligi kishilik jamiyati rivojlani­shining har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hech bir davrda hozirgi paytdagichalik dolzarb bo‘lmagan va bu jarayon jamiyat taraqqiyotining rivojlanish tendensiyasiga muvofiq tarzda kuchayib bormoqda.
Tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha davrlarida ishlab chiqarish omillarining muhim ko‘rinishi sifatida u yoki bu shaklda iste’mol qilinib kelinadi. Tabiiy resurslar tabiat elementlari bo‘lib, jamiyat iste’moli uchun foydalaniladigan tabiiy muhitning muhim tarkibiy qismi va tabiiy shart-sharoitlarning yalpi yig‘indisini ifodalaydi.
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilganidek: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz hududidagi barcha tabiiy, yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan. O‘zbekistonda 95 turdagi mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xom-ashyo salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga teng foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim vosita - bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq turli xil to‘lovlardir. Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini bonuslar, rentals, royalti va soliqlar tashkil etadi.
Rentals - tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish boshlanishidan avval undiriladi.
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat’iy ulushi o‘zlashtiriladi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom- ashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir.



Yüklə 147,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə