10-Mavzu: Camtasia studio dastur video darsliklarni yaratish va qayta ishlash



Yüklə 12,48 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü12,48 Kb.
#158159
  1   2



Reja:


10-Mavzu: Camtasia studio dastur video darsliklarni yaratish va qayta ishlash.
  1. Camtasia studio dastur va uning imkoniyatlari.


  2. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli.
  3. Camtasia studio dastur vaqt shkalasi.


Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to‘g‘rilash, ravshanlik, ularning o‘lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar.


Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o‘xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo‘ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan so‘ng video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin bo‘ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun yetarlicha yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta.
Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o‘zining shaxsiy TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo‘lib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo‘lgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo‘lgan kompyuterlarda ham foydalanish mumkin.
Dasturning asosiy imkoniyatlari:

    1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.

    2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.

    3. Videoyo‘laklarni kesib olish, birlashtirish, o‘chirish va qo‘shish.

    4. Audio yozuvlar qo‘yish va tahrirlash.

    5. Videoni bizga qulay bo‘lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV, WMV, PPT, GIF, RM, CAMV.

Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va video- darslarning ko‘payishi va ommalashishi bilan bog‘liq. Ammo ushbu dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi.

Dastur ish stolida sodir bo‘layotgan barcha holatlarni yozib oladi, shu jumladan kursor harakatini ham.
Camtasia Studio dasturida to‘rtta utilitalar qamrab olingan: Camtasia Recorder, Camtasia Theater, Camtasia Player, Camtasia MenuMaker. Camtasia Studio dasturida yaratilgan lavhalar YouTube tipidagi saytlarda, iPhone apparatlarida, shuningdek odatdagi shaxsiy kompyuterlarda videoni ko‘rishga mo‘ljallangan har qanday dasturlarda a’lo darajada ishlaydi va muayyan dasturiy muhitda ishlashni o‘rgatuvchi media fayllarni Internetda ko‘plab uchratishimiz mumkin. Shu bilan birga dastur tasvir sifatini hech qanday yo‘qotishlarsiz saqlash va minimal hajmda videoni saqlash imkonini beradi.
Ish stolida navbatdagi lavhani yozib olgandan so‘ng, video va audio fayl aks etadi. Olingan natijani ko‘rish va tahrirlash uchun, uni sichqoncha orqali vaqt shkalasi maydoniga olib o‘tish lozim.

Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə