10. Mavzu: Jamoa tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari Reja


Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va qoidalari



Yüklə 41,47 Kb.
səhifə3/15
tarix25.12.2023
ölçüsü41,47 Kb.
#161337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-mavzu ma\'ruza

Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va qoidalari
Tarbiya nazariyasida ham pedagogika fanida bo‘lgani kabi, yangi vujudga kelayotgan qarashlar bilan eskirib borayotgan qarashlar o‘rtasida kurash ketgan. Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim yo‘nalishlarni tanqidiy o‘rganmay turib, tarbiya nazariyasining asosiy masalalarini tushuna olish qiyin. Keng tarqalgan biri avtoritar (boshqalarga ko‘r-ko‘rona bo‘yin suyish) tarbiya nazariyasi edi. Avtoritar tarbiya XVI asrda paydo bo‘lib, hozirda Ispaniyada, Lotin Amerikasining ba’zi mamlakatlarida yaqqol ifodasini topgan. Avtoritar tarbiyani ilmiy ravishda asoslab berishga uringan nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1771-1841) bola tug‘ilganda «yovvoyi sho‘xlikka» xos bo‘lish fikrini olg‘a suradi. SHu bilan u tartib buzgan o‘quvchilar uchun jarima jurnalini tashkil etishni taklif etadi. U tartib buzgan o‘quvchilarni ovqatsiz qoldirish, burchakka turg‘izib qo‘yish, karserga qamash, jarimaga tortish kabi jazolashni turlarini joriy etadi.
Avtoritar tarbiyani birinchi bo‘lib J.J.Russo tanqid qildi va o‘zi erkin tarbiya nazariyasini ilgari surdi.
O‘zbek maktablarida ta’lim-tarbiya bir-biridan ajralmas deb hisoblanadi. Sinfdagi har qanday ish doimo tarbiyaviy ishdir., biroq tarbiyaviy ishlarni ta’lim berish bilan cheklash mumkin emas.
Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir.
Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma’lum bir maqsadga qarata va muntazam suratda ta’sir qilishdir. Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, ahloq, ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini singdirish, muayyan harakter va iroda, odat va ahloq yaratishni o‘z ichiga oladi.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.

Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va hohishlarini ifodalaydi.


Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (hoh ijobiy, hoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning xulqida aks etadi. SHuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. YAna shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y beradi. Bola ulg‘aya borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning kamolga etishida yo ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta’sir etishni ko‘zda tutadi, zeroki shu yo‘l bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan talablari tarbiyalanuvchining hulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi.
Tarbiya jaaryonida o‘quvchining onginigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jaaryonida) muntazam ta’sir etib boriladi. Agar o‘quvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. SHuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkabdir. Maktabdagi tarbiya jarayoni to‘xtovsiz davom etadigan jarayon bo‘lib, unga o‘qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi. O‘quvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida ijtimoiy, jamoa va o‘rtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit yaratadi.
O‘quvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy tashabbuskorligi o‘sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari, e’tiqodlari va voqea hodisalarga o‘z nuqtai nazari vujudga keladi va mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta’siriga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini belgilaydi.
SHunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga etkazish jarayonidan iborat bo‘lib, uning mazmuni ta’limdagidek alohida predmetlarda emas, balki o‘quvilarning hayot-faoliyatlari va o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining o‘ziga xos hususiyatlari kelib chiqadi.

Yüklə 41,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə