10-Mavzu: Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi (2 soat) Reja



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü53 Kb.
#110608
  1   2
10-Mavzu


10-Mavzu: Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi (2 soat)
Reja:
1.Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar.
2.Katta guruhlarni ilmiy tadqiq qilishning metodologik muammolari.


Tayanch tushunchalar: kross-madaniy tadqiqotlar, etnotsentrizm, etnik identifikatsiya, etnik stereotiplar, milliy xarakter, milliy tuyg‘ular, etnopsixologiya. 


Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro muno-sabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim I. g . hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, et-nik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h. k.) ham I. g . ga kiradi, chunki ularning jami-yatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida I.g . ni tashkil etadi. I. g . katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obyektiv holda mavjud) guruxlarga boʻlinadi. I. g . ning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar uz hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hoz. jamiyatdagi odamlarning aksariyati koʻpdan-koʻp turli guruxlarga mansubdir.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar.
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional begilar ularning shu gurhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-atvorini bslgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni ko‘yadi. Shuning uchun xam har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixo­logiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning xayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘r­ganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar Yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu Yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shaklla­nadi. Shuning uchun ham 20 Yoshli kishining psixologiyasini to‘liq ravishda o‘rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, shaxsi, harakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o‘xshash Yoshlarda ustun bo‘lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo‘lishini, u mansub bo‘lgan va asosan vaqgini o‘tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o‘rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə