10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


 Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix11.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#147992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati

10.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i 
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy 
daromaddan umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi 
qarorini tahlil qilishni 10.2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma 
ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma’lumotlari berilgan. Ikkinchi ustun firmaning 
umumiy daromadini ifodalasa, ya’ni 1 litr sut $6 narxini miqdor ko’paytmasiga teng, 
uchinsi ustun firmaning umumiy harajatini ko’rsatadi. Umumiy harajat doimiy 
harajatlarni o’z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o’zgaruvchan harajatlar esa 
mahsulotning miqdoriga bog’liq. 
To’rtinchi ustunda firmaning foydasi ko’rsatilgan, bu umumiy daromaddan 
umumiy harajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab 
chiqarmasa, u 3$ yo’qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$, 
agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani 
maksimallashtirishdir. Misolga ko’ra, firma to’rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning 
foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi. 
A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma 
foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan 
mahsulotning chekli harajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi 
mumkin. 10.2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy 
harajatlar hamda mahsulot miqdorlari o’zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli 
daromad va chekli harajatlarni va oxirgi ustun har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan 
miqdor uchun foydani ko’rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning 
chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 2 $dir. Shu sababli 1 litr sut ishlab 
chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli 
daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi 
3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat 
o’zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 7 $dir. Shu 
sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada 
A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi.


Agar chekli daromad chekli harajatlardan yuqori bo’lsa, firma yana sut ishlab 
chiqargani ma’qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli harajatlardan 
past bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma’qul. Agar A firma yaxshilab o’ylab 
cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani 
maksimallashtirgan bo’ladi. 
10.2-jadval 
Foydani maksimallashtirishga doir misol 
 
Tahlilimizni davom ettirib, 10.1-rasmdagi harajatlar egri chizig’ini ko’rib 
chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli harajatlar egri chizig’i yuqoriga 
qarab ko’tariladi. Umumiy o’rtacha harajatlar esa U shakliga ega bo’ladi. va chekli 
harajatlar egri chizigi umumiy o’rtacha harajatlarning eng oxirgi minimum nuqtasida 
tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal chiziq bilan ko’rsatilgan. 
Uning o’rtacha va chekli daromadlariga mos keladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, 
narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot miqdoriga bog’liq emas. Narx chizig’i 
gorizontaldir, chunki firma narxni qabul qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab 
chiqarish hajmidan qat’iy nazar narx bir xil bo’ladi. Shuni esdan chiqarmangki, 
raqobatli firmaning o’rtacha va chekli harajatlari kabi narxlari ham tengdir.
10.1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish 
uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni Q1. 
Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli harajatlardan ko’p bo’ladi. 
Ya’ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko’paytirsa, qo’shimcha 
daromad qo’shimcha harajatlardan ustun bo’ladi. Foyda, ya’ni umumiy daromaddan 
umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo’ladi va u o’sib boradi. Bu jadvalda 
chekli harajatlarning egri chizig’i, o’rtacha umumiy harajatlar, o’rtacha o’zgaruvchan 
harajat egri chizig’i ko’rsatilgan. 




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə