10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


-rasm. Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix11.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#147992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati

10.8-rasm. Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi 
 
E’tibor berish kerakki, firmalarning harajatlari turlicha, ba’zi firmalar uzoq 
muddatda ham foyda ko’rishadi. Bu holatda, bozordagi narx chegarali firmaning 
o’rtacha umumiy harjatlarida aks etadi. Narx pasaysa firma bozordan chiqib ketishi 
mumkin. Bu firma nol foyda topishi mumkin, ammo kam harajatli firmalar ijobiy foyda 
ko’rishi mumkin. Bozorga kirishda kiruvchilarning harajatlari mavjud firmalarning 
harajatlaridan katta bo’lishi mumkin. Xarajati yuqori firmalar narxlar yuqori va foydali 
bo’lsagina bozorga kirishadi.
Shuning uchun bu ikki sababga ko’ra, yuqori narxlar katta miqdordagi taklif 
kerak bo’ladi, va bunda uzoq muddatli taklif egri chizig’i gorizontaldan ko’ra yuqoriga 
yo’naladi. Shularga qaramasdan, bozorga kirish va chiqish haqidagi bilim o’sha 
o’rganilganidek qoladi. Sababi bozorga kirish va chiqish qisqa muddatliga qaraganda, 
uzoq muddatlida oson kechadi, uzoq muddatli taklif egri chizig’i qisqa muddatli taklif 
egri chizig’iga ko’ra egiluvchandir.
Tayanch so’z va iboralar: 
raqobat bozori, o’rtacha daromad, chekli
daromad, 
harajatlarning pasayishi, tarmoq taklifi. 


Qisqacha xulosalar
Raqobatli firma bozor narxini qabul qiluvchi bo’lganligi sababli, uning daromadi ishlab 
chiqarilgan mahsulotning miqdoriga proporsional tengdir. Tovarning narxi firmaning 
chekli foydasi va o’rtacha foydasiga ham teng bo’ladi.
Foydani maksimallashtirish uchun, mahsulot miqdorini tanlashi kerak, unga ko’ra 
chekli daromad chekli harajatga tengdir. Raqobatlashgan firmaning chekli foydasi bozor 
narxiga teng bo’lgani uchun firma miqdorni tanlaydi va bu chekli harajatga teng bo’ladi. 
Shu sababdan firmaning chekli harajat egri chizig’i uning taklif egri chizig’idir.
Qisqa muddatli holatda agar maxsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past 
bo’lsa, firma o’zining doimiy harajatlarini qoplay olmaydi, firma vaqtinchalik berkilib 
turadi. Uzoq muddatli holatda agar narx o’rtacha umumiy harajatdan kam bo’lsa, firma 
ham doimiy ham o’zgaruvchan harajatni qoplay oladi, ular bozordan chiqishni 
tanlashadi. 
Erkin kirib chiqish bozorida uzoq muddatli holatda foyda nol darajaga tushadi. Uzoq 
muddatli muvozanatda barcha firmalar samarali miqdorda mahsulot ishlab 
chiqaradi, narx esa o’rtacha umumiy harajatning eng kam qiymatiga teng bo’ladi, 
firmalar soni esa narxda talab etilgan miqdordan qoniqishni moslashtiradi. 
Turli vaqt oraliqlari orqali talabdagi o’zgarishning turli ta’siri bor. Qisqa muddatli 
holatda, talabga bo’lgan o’sish narxlarni ham oshiradi, foydaga olib boradi. Talabning 
tushishi narxlarni tushishiga olib kelib, yo’qotishga sabab bo’ladi. Ammo firmalar 
bozorga erkin kirib chiqishsa, uzoq muddatli holatda firmalar soni nol foydali 
muvozanatga sabab bo’ladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə