10 mavzu. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlash


BIZNES-Reja texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi



Yüklə 38,39 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü38,39 Kb.
#150434
1   2   3   4
10 mavzu. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rejalashtirish-fayllar.org

2. BIZNES-Reja texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va muddatiga ko’ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Kichik korxonalarda bu vazifalarni bajarish katta korxonalarga nisbatan engilroq bo’lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish talab qilinadi:
  • ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;


  • xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;


  • moliyaviy resurslar;


  • aylanma mablag’’lar mavjudligi va unga bo’lgan o’htiyojlar, jumladan, moddiy-tovar boyliklari zahiralari;


  • ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;


  • mahsulotni sotish kanallari.


Rejalashtirish, reja loyihasini uning mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, kadrlar va oylik maosh bo’yicha reja, yangi texnika va kapital qo’yilmalar rejasi, moliyaviy reja kabi asosiy qismlari doirasida tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan rejadan avvalgi davrni o’z ichiga oladi. Ularning moddiy va moliyaviy resurslar hamda bajarish muddati bo’yicha to’liq o’zaro bog’liqligi va balanslashganligi rejalashtirish jarayoni va korxona rejasining ishonchliligini ta’minlovchi muhim jihatdir. O’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarish ishchi kuchining mavjudligi, shartnomalar bo’yicha mahsulot o’tkazish rejalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan, tannarx rejalari esa ishlab chiqarish dasturlari va moliyaviy reja bilan bog’liq bo’ladi.


Rejalarni ishlab chiqishda korxonaning barcha sexlari va funksional bo’linmalari, jumladan, moliya va reja bo’limi, mehnat va ish haqi bo’limi, marketing xizmati, buxgalteriya, texnik bo’lim, sex rahbarlari ishtirok o’tishlari zarur. Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik engillashadi, resurslar kamroq talab qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi.
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:
1. Rejalashtirishning har bir o’lementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi.
2. Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi.
3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish.
4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi).
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirish davomida bugungi kundan tashqari, kelajakni, o’rtangi kunni ham inobatga olish zarur. Korxona istiqboli va bozordagi holatining barqarorligi, ko’p jihatdan uning ilg’or texnika va fan yordamida yaratilgan o’ng yaxshi mahsulotlar namunasini tezlik bilan o’zlashtirib olish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. SHu sababli korxonalarda axborot tizimini yaxshi yo’lga qo’yish hamda reklama faoliyatini rivojlantirish lozim. Reklama iste’molchilarni (xaridorlarni) mavjud mahsulot bilan tanishtirishdan tashqari, xuddi xorijdagi kabi, ularni aynan shu mahsulotni sotib olishga undashi kerak.
Rejalashtirishning har bir turi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • belgilangan rejalashtirish oralig’ining aniqligi;


  • integrasiya va differensiasiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlar miqdori;


  • ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini hisob-kitob qilish darajasining aniqligi;


  • rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash tartibi.


Hozirgi paytda korxonalarning aksari qismi asosan joriy rejalar (biznes-rejalar) tayyorlash bilan shug’ullanmoqda. Biznes-rejalarda o’ng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyida keltirilgan:


  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi va hajmi (natural ko’rinishda);


  • mahsulot sotish hajmi (pul ko’rinishida);


  • mahsulot birligining tannarxi;


  • foyda (daromad);


  • kategoriyalar bo’yicha xodimlar soni;


  • mehnatga haq to’lash fondi va o’rtacha ish haqi darajasi;


  • omborlardagi xom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zahiralari;


  • aylanma vositalar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha;


  • kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma ob’ektlari va yo’nalishlari bo’yicha;


  • yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;


  • boshqa ko’rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko’ra).


YAngi mahsulotlar va texnologiyalarni qo’llash loyihalari, shuningdek, investitsiyalar va qurilish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarning bir qismi alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni amalga oshirishning butun davriga tuziladi.


Tadbirkorlik - korxonalar xo’jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo’lib, foyda (daromad) olish va uni ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg’amlikka berilish, turg’unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lmasa, demak, u bo’sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o’tkazib o’tiruvchi shaxs hisoblanadi. Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko’tarish va korxonaning oladigan daromadlarini ko’paytirish yo’llarini izlab topadilar.
Tadbirkorlikni ko’pincha muayyan shaxsga “bog’lab qo’yadilar” hamda bu shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud. Bu holatni jamoa biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Agar yakka shaxs individual tarzda yoki kichik bir jamoa vositachilik, oldi-sotdi, maslahat va boshqa xizmatlar bilan shug’ullansa, u holda biznes-reja talab qilinmaydi. Boshqa hollarda biznes-reja yangi korxona tashkil qilish yoki biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan asoslangan xatti-harakatlarni o’z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi, korxonaga o’z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni aniqlash, korxona faoliyatining birinchi yillarida “suv ostidagi toshlar”ni aniqlash hamda mazkur faoliyat turining foydali yoki zararli o’kanligini baholash ko’rsatkichlari yordamida hisoblashga yordam berishda deb belgilanadi.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»; «Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin?», «YUzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
  • biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;


  • biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (BOBlarga) bo’linishi lozim;


  • biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;


  • biznes-rejaning ob’ektiv baholanishiga o’rishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;


  • biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi.


Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko’ra, o’ng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:


1. Tanlangan biznes konsepsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo’nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqobatbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga o’tkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag’’larga bo’lgan o’htiyojlar; o’ziga jalb qilishning asoslanganligi(taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlardan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda o’kanligi va hokazo)ga katta e’tibor qaratish lozim.
Konsepsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlangan biznes sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish imkoniyatlari; bozorga ta’sir o’tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat kabi omillar aks o’ttiriladi. Bundan tashqari konsepsiya bahoning o’zgarishi, inflyasiyaning o’sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib kirishni cheklovchi qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi. Ushbu bo’lim tanlangan biznes yo’nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan yakunlanadi.
Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo’limida korxonaning joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy raqobatchilari va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar tahlili aks o’ttiriladi.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosabatlar “Boshqaruv” bo’limida ko’rsatiladi.
“Bozor tadqiqoti va tahlili” bo’limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb o’tuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko’rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy o’lementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag’batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin.
“Ishlab chiqarish rejasi” potensial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o’z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko’rsatadi. Mazkur bo’limda quyidagilar o’z aksini topadi: yangi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o’sish istiqbollari; xom ashyo va material o’tkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperasiyasi; ishlab chiqarish oqimlari tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar; vujudga kelishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
“Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash” bo’limi ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o’zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya’ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko’rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug’urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo’limi bo’lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
savdo hajmining bashorati;
pul daromadlari va xarajatlari balansi;
foyda va zarar bo’yicha reja.
Mazkur rejaning ko’rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
tovarlarni sotishdan tushgan daromad;
ishlab chiqarish xarajatlari;
savdodan tushgan umumiy foyda;
sof foyda;
korxona aktiv va passivining solishtirma balansi;
zararsizlikka o’rishish grafigi.
SHuningdek, mazkur bo’limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kegaytirish uchun mablag’’ jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo’limda korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi maxsus ko’rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.
http://fayllar.org
Yüklə 38,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə