10-mavzu. Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə10/11
tarix15.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari

CMS Joomla
Internetning nihoyatda keng tarqalishi va uning inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilishi bilan birgalikda – barcha darajadagi biznesga, hamda har bir insonning shaxsiy hayotiga, turli web-ilovalarni, shu bilan birga turli yonalish va funksionallikdagi saytlarni yaratish, yaratishda bilim va ko’nikmalarga ega keng malakali mutahassislarga bo’lgan talab oshib bormoqda.
Har bitta web-ilova, u web-ilova yoki web-sharxlovchidan foydalangan paytda o’zaro ta’sirda bo’ladigan yakuniy foydalanuvchiga ko’rinmaydigan server va mijoz qismlariga ega. Butun web-ilovaning ishlash samaradorligi va barqarorligi aynan ushbu ikki qismni realizasiya qilish sifatiga bog’liq. Saytlarni yaratish uchun hozirgi paytda keng tarzda Tarkibni boshqarish tizimlari qo’llanilib, ularning orasida ayniqsa CMS Joomla! ajralib turadi. Ochiq chiqish kodi, foydalanuvchilarning katta miqdori va ishlab chiqaruvchilar professional jamiyatining quvvatlashi bilin, CMS Joomla! Butun jahonda nihoyatda katta mashxurlikka ega bo’ldi.



10.8-rasm. Joomla oynasi

10.9-rasm. Joomla ishchi oynasi



10.10-rasm. Joomla ishchi oynasi


Java dasturlash tili

Java dasturlash tili birinchi bo‘lib 1991 yili Sun Microsystems tomonidan ishlab tadqiq etilgan. O‘sha yillarda Java faqat elektron qurilmalar – televizor, video magnitafon, non isitish qurilmasi va shu kabilarga dasturlar yozish uchun foydalanilgan. O‘sha vaqtlarda Java ning maqsadlari uning ixcham, tezkor, samarali, oson va keng miqyosdagi elektron qurilmalarga moslashuvchan dasturlash tili etib yaratish bo‘lgan. Xuddi shu maqsadlar Java ni World Wide Web da ishlay oladigan, umumiy maqsadlarga yo‘naltirilgan xamda barcha platformalarda ishlay oladigan ideal dasturlash tili bo‘lib shakllanishiga asos bo‘lgan.


Java tilidan Sun (Oak nomi ostida) tomonidan ko‘pgina loyixalar yaratishda foydalanilgan, lekin u ko‘pchilikning nazariga 1994 yilda HotJava bilan birlashmaguniga qadar tushmadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib Netscape o‘zining brauzeriga HotJava ning barcha imkoniyatlarini qo‘shib olganidan so‘ng Java ga bo‘lgan qiziqish anchagina ortdi.
Java Applet larini ishlatish va ularni ko‘rish uchun sizga biror bir Java-enabled brauzer kerak bo‘ladi. SHuni xam aytish joizki Netscape 2.0 va undan yuqori versiyalari Internet Explorer 3.0 yoki undan yuqori versiyalari orqali siz bemalol Java Applet larni ishlatib ko‘rishingiz mumkin. Siz yana Sun ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan HotJava brauzerini xam Appletlarni ko‘rishda ishlatishingiz mumkin. Lekin Java ning yuqoriroq versiyalarida yozilgan Applet larni o‘zidan oldingi versiyadagi HotJava brauzerlar orqali ko‘rish imkoniyati mavjud emas.
Xozirda bir qancha rivojlanishlar rejalashtirilmoqda:
· Sun kompaniyasi Java muxiti uchun bir qancha qo‘shimcha imkoniyatlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bular qatoriga ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi bir qancha klas kutubxonalar, mulьtimedia, kommersiya va boshqa foydali klaslarni qo‘shish mumkin. Sun yana o‘zining web server ini va Java asosiga qurilgan operatsion tizimini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Sun kompaniyasi yana o‘zining Java Beans deb nomlanuvchi framework kutubxonasini ishlab chiqarish niyatida. Ushbu kutubxona yordamida siz komponent ob’ektlarini rivoojlantirishingiz mumkin. Ushbu yaratilajak komponentalar xuddi Microsoft ActiveX komponentlari singari bir biri bilan juda oson muomalaga kirishishi nazarda tutilgan. Siz bu xaqda ushbu kitobni o‘qish davomida mukammal ma’lumotga ega bo‘lasiz. Java imkoniyatlari Solaris, MacOS, Windows kabi barcha operatsion sistemalar tarkibiga qo‘shilmoqda, ushbu ishlar to‘liq amalga oshirilganian so‘ng siz Java dasturlarini (shu jumladan Applet larni xam) deyarli xar joyda xech qanday qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatmasdan ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
Ko‘plab kompaniyalar Java imkoniyatlarini oshirish ustida ishlar olib borishmoqda, ularni qatoriga bir vaqtning o‘zida kompilyasiya bo‘luvchi Java chiplarini qo‘shish mumkin.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə