10-sinf fizika darsligi asosida 44-mavzu: Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127503
1   2   3
Tranzistor haqida tushuncha.
Ikkita p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘t kazgichli sistemaga tranzistor deyiladi. Tranzistor yordamida elektr tebranish lari hosil qilinadi, boshqariladi va kuchaytiriladi.
Tranzistorni tayyorlash uchun elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan germaniy kristalining ikkita tomoniga indiy kavsharlanadi. Germaniy kristalining qalinligi juda kichik bo‘ladi (bir necha mikrometr).
Mana shu qatlam tranzistor asosi, ya’ni bazasi deb ataladi (9.12 a-rasm).
Uning kovakli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita tomonidan сhiqarilgan uchlari emitter va kollektor deyiladi.
Bunday turdagi tranzistorni p–n–p strukturali tranzistor deyiladi (9.12 a-rasm). Tranzistorning emitter sohasidagi kovaklar konsentratsiyasi, bazadagi elektronlar konsentratsiyasiga nisbatan bir necha marta katta qilib tayyorlanadi.
Tranzistorning shartli belgisi 9.12 b-rasmda keltirilgan.
Tranzistorning ishlashini qaraylik (9.13-rasm).
Emitter – baza oralig‘iga ulangan B1 batareya kuchlanishi to‘g‘ri p–n o‘tishni hosil qiladi.
Kollektor – baza oralig‘idagi B2 batareya teskari p–n o‘tishni hosil qiladi. Unda kollektorda tok qanday hosil bo‘ladi? Baza – emitter oralig‘iga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida kovaklar bazaga kirib keladi.
Bazaning qalinligi juda kichik bo‘lganligi hamda unda elektronlar konsentratsiyasi kam bo‘lganligidan kovaklarning juda kam qismi elektronlarga birikadi. Ko‘pchilik kovaklar esa kollektor sohasiga o‘tib qoladi.
Kollektorga B2 ning manfi y qutbi ulanganligidan kovaklar unga tortilib, kollektor tokini tashkil etadi. Emitter – baza zanjiridagi tok kuchi, emitter – kollektor yo‘nalishidagi tok kuchidan ancha kichik bo‘ladi. Emitter – baza yo‘nalishidagi tok kuchi o‘zgarsa, emitter – kollektor yo‘nalishida o‘tayotgan tok kuchi ham o‘zgaradi.
Shunga ko‘ra tranzistordan o‘zgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda foydalaniladi. Tranzistorni tayyorlashda baza sifatida p-turdagi yarimo‘tkazgich olinishi ham mumkin. Bu holda emitter va kollektor sohasi n-turdagi yarimo‘tkazgichdan tayyorlanadi. Bunday tranzistorni n–p–n strukturali tranzistor deyiladi.
Bunday turdagi tranzistorlarning ishlash prinsipi p–n–p turdagi tranzistordan farq qilmaydi. Bu tranzistorda faqat tok yo‘nalishi kollektordan emitterga tomon bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə