104 guruh talabasi qudratov xudoyberdining o’zbekistonning eng yengi tarixi fanidan


Evolutsionizmning asosiy g'oyalari



Yüklə 59,97 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü59,97 Kb.
#143158
1   2   3   4   5
3-mavzu (2)

Evolutsionizmning asosiy g'oyalari
• Klassik evolutsionistik nazariya tarafdorlari, avvalo, insoniyat madaniyati taraqqiyoti bilan bog'liq universal manbalar va universal qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar.
• Evolutsionizm tarafdorlari zamonaviy jamiyatda yashashlariga qaramay, o'z yozuvlariga ega bo'lnagan xalqlarni qadimiyat qoldig'i sifatida talqin qilganlar. Ularning madaniyatlarini o'rganish ibtidoiy jamoa madaniyatini yaxlit tarzda rekonstruksiya qilish imkonini beradi deb hisoblaydilar.
• Tabiatda umumiy insonlar jamoasi mavjud. Shu bois barcha odamlar taxrninan bir xil aqliy qobiliyatga egalar. Ko'pincha kishilar o'xshash vaziyatlarda taxminan bir-biriga yaqin qarorlar qabul qiladilar. Bu vaziyat dunyoning barcha qismlarida insoniyat madaniyatining rivojlanishi umumiyligi va bir xil ekanligini tasdiqlaydi. Bu o'rinda turli madaniyatlar o'rtasidagi aloqalaming mavjudligi yoki mavjud emasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
• Kishilikjamiyatida uzluksiz taraqqiyotning o'mi bor, ya'ni soddalikdan murakkablikka o'tish kabi madaniyat ham xuddi jamiyatdagi singari asta-sekin o'zgarishlar, miqdoriy o'sish yoki kamayish yo'lida quyidan yuqoriga qarab doimo uzluksiz rivojlanib boradi.
• Madaniyatning har qanday ko'rinishi ilk davridan ma'lumdir: uning keyingi shakllari qayta paydo bo'ladi va oldingi ko'rinishlar asosida shakllanadi. Bunda madaniyat rivojlanishi ko'p pog'onuli va dunyodagi barcha xalqlar uchun yagona
hisoblangan bosqichlar asosida bo'Iadi. Insoniyat madaniyatining har tomonlama umumiy qonunIari bilan birga turli xalqlar va ular madaniyatlarining bir xii rivojlanish bosqichi bir xiI natijaga olib keladi.
• Xalqlarning madaniy farqi ularning rivojIanish darajasi bilan bevosita bog'Iiqdir.
Evolutsionizmning yuqoridagi asosiy tamoyiUarini etnolog-sharhlovchilar muhim g'oyaviy va amaliy xulosalarga aylantirganlar: agar hamma xalqIar bir xiI taraqqiyot yo'lidan borsa, uning yuqori nuqtasida Yevropa madaniyati hamda
sivilizatsiyasi turgan. Shu bois sayyoramizdagi barcha xalqlar va elatlar oxir-oqibatda yevropa madaniyati bilan umumlashishi Iozim. Qolaversa, yevropaIiklar kolonial imperiyalarini barpo etishlari orqali mustamlaka xaIqlarni madaniy taraqqiyotga erishishIariga ko'maklashadilar, degan g'ayriilmiy xulosaning ham shakllanishgiga sabab bo'lgan.
XIX asr intihosiga kelib etnologiya yo'nalishida to'plangan ilmiy materiallar evolutsionizmning haqiqiy hayotga har jihatdan to'g'ri kelmasIigi va kamchiliklarini ko'rsata boshlagan. Jumladan, evolutsionizm tarafdorlari madaniyatdagi miqdoriyo'zgarishlardangina kelib chiqib madaniyat va uning tarkibiy qismlarining qayta tug'ilishi kelajakdagi paydo bo'ladigan barcha madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bog'lanishini taxmin qilgan holda izohlab bera olmadilar. Ular hatto bunga harakat ham qilib ko'rmaganlar. Yangi etnografik ekspeditsiyalar materiallari, ko'pincha, evolutsionistik qarashlarni rad etgan va bu borada boshqacha qarashlarga ehtiyoj sezila boshlagan. Ilmiy
zaruriyat tufayli yangi antievolutsionistik nazariyalar va maktablar paydo bo'lgan. Evolutsionizmdan hafsalasi pir bo'lgan ayrim etnolog va antropologlar hatto o'zlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, faqat empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlargina olib borganlar.
Diftuzionizm. XIX asr so' nggi choragiga kelib etnologiya· taraqqiyotida yangi davr boshlangan. Agar oldinlari bevosita etnografik kuzatuvlar ko'proq savdogarlar, missionerlar vasayyohlar tomonidan bajarilgan bo'lsa, keyinchalik maxsus tayyorlangan mutaxassislar etnologiyaga oid amaliy tadqiqotlarni oldindan ish lab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshirganlar. Bu esa, o'z navbatida fanda yangicha qarashlar va nazariyalarning paydo bo'lishiga hamda etnologiyada evolutsionizmning yakka hukmronlik mavqyeining susayishiga olib kelgan. Qolaversa, bu davrda evolutsion metod asosida izohlash mushkul bo'lgan qator
muammolar paydo bo'lgan. Evolutsionizmning inqirozi diffuzionistik yo'nalish, maktabning shakllanishiga olib kelgan. Etnologiyadagi diffuzionistik g'oyalarning asosiy maqsadi madaniyat yoki madaniyatning alohida ko'rinishlarini ma'lum bir makonda tarqalishi, ularning kelib chiqish hududlarini aniqlash va turli hududlar bo'ylab yoyilish yo'llarini hamda usullarini qayta tiklashni ko'rsatib berish hisoblangan. «DijfuziYQ» tushunchasi aslida fizikadan o'zlashtirilgan bo'lib, mazkur ibora «yoyilmoq», «kirib kelmoq» ma'nolarini anglatadi. Etnologiyada diffuziya deganda xalqlaming o'zaro aloqasi - savdo, ko'chish, bir xalqning ikinchisini bosib olishi natijasida yuzaga keladigan madaniy ko'rinishlarning tarqalishi tushuniladi. Diffuzionizm ilmiy yo'nalish sifatida tarixiy jarayonlar asosiy mazmunini madaniyatlararo o'zaro aloqalar natijasida boshqalardan o'zlashtirish va ularning biridan ikkinchisiga kO'chishini e'tirof etishidan iborat. Evolutsionistik nazariya tarafdorlari tomonidan o'xshash madaniyatlarning o'zaro o'xshash sharoitlarda mustaqil ravishda paydo bo'lishi va rivojlanish nuqtai nazariga qarshi diffuzionistlar ma'lum geografik mintaqalarda
madaniy ko'rinishlarning paydo bo'lishi va bir markazdan boshqa hududlarga tarqalishiga doir o'ziga xos ilmiy g'oyani ilgari surganliklari bilan farqlanadilar.
Diftuzionizmning mashhur vakilIari: Fridrix Ratsel (F. Ratzel, 1844 - 1904-yillar) - asosiy ishi "Antropogeografiya" ("Anthropogeographie") nomli asari bo'lib, u 1882-yilda chop etilgan.
Erland Nordensheld (E. Nordenskiold, 1877 - 1938-yillar) ning asosiy tadqiqoti "Qiyosiy etnograftk tadqiqot" ("Comparative Ethnographical Studies") dir, u 1919-yilda e'lon qiIingan. Robert Grebner (R. Graebner, 1877 - 1934-yillar) - muhim
asari "Etnologiya uslubi" ("Methode der Ethnologie"), 1905- yilda nashr etilgan.
Vilgelim Shmidt (W Schmidt, 1868 -1954-yillar) - V. Koppers (V. Koppers) bilan hammuallitlikda "Tarixiy madaniy etnologiya metodlariga oid muhim kitob" ("Handbuch der Methode der kulturhistorischen Ethnologie"), 1937-yilda chop etilgan. Leo Frobenius (L. Frobenius, 1873 - 1938-yillar) ning asosiyasari "Madaniyat haqidagi tabiiy-ilmiy ta'limot" ("Die naturwissenschaftliche Kulturlehre") bo'lib, u 1899-yiIi nashr etilgan.
G. Elliot-Smit (G. Elliot Smith)ning asosiy tadqiqoti - "Madaniyat" ("Culture. The Diffusion controversy") dir. Mazkur asar 1928-yilda e'lon qilingan.
Etnologiyada diffuzionizmning asoschisi sifatida Myurixen universiteti professori F,id,ix Ratsel e'tirof etiladi. U ilk bora madaniyat ko'rinishlarini turli madaniy hududlar va mamlakatlar bo'yicha tarqalish qonuniyatiga alohida e'tibor qaratgan. Evolyutsionistlarda «madaniyat ko'rinishlari mavhum bo'lib, o'z- o'zidan paydo bo'ladi», - degan qarash ustuvorlik qilardi. Ratsel o'z qarashlari, g'oyalarini «Antropogeografiya» (1882), «Xalqshunoslik» (1885) hamda «Yer va hayob (1891) nomli ko'p jildlik asarlarida mujassamlashtirgan. Jumladan, «Antro-pogeografiya» asarida moddiy madaniyat namunalarini (etnografik buyumlar va ularning terminologiyasi) geografiyasini turli xalqlarda tarqalishi bilan bog'lab tadqiq qilgan. Ratselning fikricha, tabiiy muhit ta'sirida shakliangan madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro farq ushbu xalqlarning bir-birlari bilan doimiy etnomadaniy aloqalari ta'siri natijasida asta-sekinlik bilan silliqlanib boradi. Ratsel o'z tadqiqotlarida birxalqni boshqasi tomonidan qo'shib yoki bosib olinishi, turli irqlarning o'zaro birikishi, etnomadaniy savdo aloqalari va ularning turli shakllariga alohida ahamiyat qaratgan va ularni batafsil tahlil qilgan. Aynan mana
shunday aloqalar natijasidagina madaniyat keng hududlarga yoyilishi murnkin. Amaliyotda esa bu til va irq xususiyatlaridan muhimroq bo'lgan etnografik ashyolarning tarqalishi shaklida namoyon bo'ladi. Irqlar doimo o'zaro qo'shilib boradilar va shuning uchun ham hozirgi davrda deyarli barcha irqlar aralash hol- da yashashini kuzatish murnkin. O'z navbatida shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, xalq hayotida til etnik belgi sifatida irqqa nisbatan birmuncha mustahkam hisoblanadi. Lekin, vaqtlar o’tishi bilan o'zaro etnomadaniy aloqalar natijasida til ham ma'lum ma'noda o'zgaradi yoki biri ikkinchisiga o'zaro yaqinlashadi. Moddiy
madaniyat ashyolari esa boshqa madaniyat ko'rinishlariga qaraganda o'zining shakli va tarqalish hududini birmuncha ko'proq, kengroq namoyon etadi. Ratselning fikricha, xalqlar hayotida sodir bo'lgan, yuz bergan turli xiI etno-ijtimoiy o'zgarishlar yo'qolib ketgani holda etnografik predmetIar qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi. Shuning uchun ham madaniyatni ilmiy o'rganishda etnografik ashyoIarning o'rni beqiyos hisoblanadi. Ratselning shogirdi hisobIangan Leo Frobenius etnolog, arxeolog va folklorshunos oHm sifatida shuhrat qozongan. U birinchi marta diffuzionizm nazariyasi asosida "Madaniyat
morfologiyasi" nomli konsepsiyasini va madaniy doiralar nazariyasini yaratgan olimdir. Leo Frobenius Afrika va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqIar madaniyati bo'yicha mutaxassis bo'lgan. U Afrika, Avstraliya va Okeaniya xaIqlari madaniyatini tadqiq etish borasida 12 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan va amalga oshirgan ilmiy tadqiqotIari asosida Afrikaning etnik xaritasini yaratgan. O'z navbatida shuni ham qayd etish joizki, mazkur xarita hozirgi davrga qadar o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Afrikashunos olim o'z ekspeditsiyalari materi?llarini va ularning nazariy xuIosalarini 1988-yilda nashr etilgan «Afrika madaniyatining kelib chiqishi» nomli monografiyasida bayon qilgan. Uning fikricha, madaniyat misli tirik organizm bo'lib, undagi o'zgarishlar hayotning umumiy qonunlari bilan chambarchas bog'liqdir. Olim tomonidan Afrika va Melaneziya xalqIari madaniyatlarini o'zaro taqqoslab o'rganish asnosida madaniyatdagi o'zgarishlar alohida unsurlar, elementlarning tarqalishiga bog'liq emas, balki bir butun yaxlit madaniyat ko'rinishlariga bog'liq bo'lib, ular taxminiy birlashgan elementlar uyushmasi emas, balki bir butun yaxlit tizim hisoblanadi, degan xulosaga kelingan.

Yüklə 59,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə