104 guruh talabasi qudratov xudoyberdining o’zbekistonning eng yengi tarixi fanidan



Yüklə 59,97 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü59,97 Kb.
#143158
  1   2   3   4   5
3-mavzu (2)


104 guruh talabasi qudratov xudoyberdining o’zbekistonning eng yengi tarixi fanidan


3-Mavzu:Evolyusionizm nazariyasining etnografik tadqiqotlardagi o‘rni va roli. Diffuzionizmning o‘ziga xos xususiyatlari.

Reja:



    1. Evolutsionizm va diffuzionizmning o‘ziga xos xususiyatlari.

    2. Evolutsionizmning asosiy g'oyalari

    3. Etnopsixologiya maktabining shakllanishi

1.2.Evolutsionizm va diffuzionizm.
XIX asrning o'rtalariga kelib etnoIogiyada etnomadaniy materiallar asosida o'ziga xos talqin beruvchi yangi yo'naIishlar, konsepsiyaJar va maktablar paydo bo'ldi. Ularning ayrimlari qat'iy ilmiy yo'naIishga taalluqIiligi va tizimlashgan shakli bilan ajralib turganligi bois juda qisqa muddatda ommalashib ketgan.
Shubhasiz, fandagi bunday mashhur oqimlar va maktablar qatoriga evolutsionizm, diffuzionizm, strukturualizm, etnologiyaning tarixiy Amerika maktabi, Funksionalizm, madaniy relyativizm kabilar kiradi.
Dastlabki etnologik nazariya - evolutsionizmning rasman shakllanishi XIX asr o'rtalaridagi umummetodoIogik dasturlar va kashfiyotlarning amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Bunday qarashlar orasida o'sha davr fanida rivojlanish, taraqqiyot, evolutsiya qoidalarining tasdiqlanishi muhim ahami-
yat kasb etgan. Unga ko'ra dunyodagi har qanday o'zgarish ichki determinizm (narsa va hodisalaming sababiy bog'lanishi)ga asoslanadi. Mazkur nazariya asosida dastlab tabiiy fanlardagi ko'plab jarayonlarga izoh va tavsiflar berilgan. Tabiiy fanlardagi bunday qarashlarning o'zaro kurashi XIX asrda evolutsionalizm g'oyasining yaratilishi va oxir oqibat uning g'alabasiga sabab bo'lgan. Evolutsionizm nazariyasi tabiiy fanlarda keskin burilish yasashi bilan birga inson va madaniyatlar to'g'risidagi mashhur g'oyani etnologiya faniga ham olib kirgan. O'z navbatida, ko'plab evolutsionistlar o'z asarlarini tabiiy fanlarda erishilgan kashfiyotlardan ilhomlanib, ruhlanib yaratganliklarini e'tirof etganlar. Evolutsionizm tarafdorlari o'zlarining asosiy qarashlari, vazifalarini insoniyat madaniyati rivojlanishida umumiy qonuniyatlarning kashf etilishi va asoslanishida, turli xalqlar madaniyatlarining rivojlanishida deb hisoblaganlar. Evolutsionizm bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarda paydo bo'lib, evolutsion
yo'nalishning shakllanishi natijasida etnologiya fan sifatida faoliyat ko'rsata boshlagan.

Yüklə 59,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə