104 guruh talabasi qudratov xudoyberdining o’zbekistonning eng yengi tarixi fanidan


Etnologiyadagi yangi konsepsiyalar



Yüklə 59,97 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü59,97 Kb.
#143158
1   2   3   4   5
3-mavzu (2)

4.Etnologiyadagi yangi konsepsiyalar
Keyingi yarim asr davomida etnologiya fanida ko'plab yangi nazariy-metodologik qarashlar hamda g'oyalar paydo bo'ldi. Bunday qarashlarning paydo bo'lishi dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonlarning o'zgarishi bilan chambarchas bog'liq. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so'ng mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi etnologiya taraqqiyotiga sezilarli ta'sir qilgan. Yevro- padagi yirik davlatlarning mustamlakalaridan mahrum bo'lishi mazkur mamlakatlarda etnologiyaga bo'lgan qiziqishning ma'lum ma'noda susayishini va o'z navbatida etnologik tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag'ning kamayishiga sabab bo'ldi.
Etnologiyaga amaliy qiziqishning zaifiashuvi, hatto ba'zida ayrim mamlakatlarda (Niderlandiyada) qator ilmiy tadqiqot institutlarining yopilishiga olib kelgan bo'lsa, boshqalarida (Buyuk Britaniya va Fransiyada) etnologiyaning fanlar tizimidagi o'rni va ahamiyati ma'lum ma'noda pasaygan. Biroq, bu jarayonlar
Yevropa mamlakatlari etnologiyasida keyingi davrda hech qanday yangi qarashlar va nazariyalar yaratilmagan, degan mulohazani bildirmaydi. Keyingi davrda Yevropa olimlari tomonidan etnologiya sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, ingliz olimi Maks Glukman (l917-197S-yillar) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester maktabi» nomi ostida mashhur bo'lgan yo'nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923-yilda tug'ilgan) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransuz etnologlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ma'lum ma'noda Levi Stross qarashlari
ta'sirida bo'lishlariga qaramay, Moris Godilye, Klod Melissolar tarixiy materializmga asoslangan qarashlarni shakllantirishga harakat qilgan.
O'z navbatida, qayd etish kerakki, XX asrning 80-yillaridan bosh lab Yevropa mamlakatlaridagi etnologiya fani amerikalik olimlar qarashlari ta'sirida rivojlangan. Chunki, aynan mazkur davrda AQShda madaniy antropologiya juda ham rivojlangan edi. Masalan, 40-80-yillar oralig'ida AQShda etnolog mutaxassislar tayyorlovchi kollej va universitetlar soni ikki baravarga ko'paygan.
Mazkur fanga bo'lgan qiziqishning ortishini ikki muhim vaziyat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, AQShda madaniy antropologiya talabalarning umumiy ta'lim olishlarida muhim rol o'ynagan ijtimoiy-gumanitar fan hisoblangan. Ikkinchidan, ikkinchi jahon urushidan keyin jahon siyosiy maydonidagi
vaziyatning o'zgarishi AQShda etnologiya fani taraqqiyotiga ham ma'lum ma'noda o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazgan. Amerikalik olimlar tomonidan uchinchi dunyo mamlakatlariga tavsiya qilingan madaniy relyavitizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib-qoidasi sifatida qabul qilingan. Madaniy relyativizm bilan birga neoevolutsionizm g'oyalari ham sezilarli darajada tarqalgan.
XX asming 80-yillari ijtimoiy biologiya maktabining qisqa muddatli taraqqiyot davri bo'lgan. Biroq, tez orada mazkur yo'nalish o'zining yetakchilik mavqyeini madaniy ekologiyaga bo'shatib bergan. Mazkur nazariya bugungi kungacha Amerika madaniy antropologiyasida yetakchilik mavqyeini saqlab kelmoqda.
Tadqiqotchi olimlar bu oqimni funksionalizm, strukturalizm vaneoevolutsionizm bilan birga amerika madaniy antropologiyasidagi asosiy yo' nalishlar sirasiga ki ritadilar.
Keyingi o'n yillik1arda Amerika etnologlari orasida Klifford Girs (1926) va Rixard Terner (1920 - 1983-yillar) qarashlari asosida shakllangan yangi germenevtika (izohlovchi, talqin etuvchi) yo'nalishi ancha mashhur bo'Jib bormoqda. Mazkur yo'nalish tarafdorlari asosan, ijtimoiy kommunikatsiyada simvollar va ramz, timsollarning zamonaviy madaniyatlardagi ma'naviy-axloqiy
aharniyatini tadqiq etishni maqsad qilib olganlar. Bu borada Terner simvollarning pragmatik aspekti, jihatiga ko'proq e'tibor qaratgan holda timsollar ijtimoiy jarayonlarda faol kuch sifatida namoyon bo'ladi, degan xulosaga kelgan. Ternerdan farqli ravishda Girs simvollarning ijtimoiy hayotdagi o'rni va ularning inson hissiyoti va ruhiyatiga bo'lgan ta'sirini muhim deb hisoblaydi. Girs etnologlar empirik ma'lumotlarni tavsif qilish bilangina chegaralanib qolmasdan, mazkur madaniyat sohiblarining qarashlari va harakatlari tub mohiyatini aniqlashlari zarur degan g'oyani ilgari surgan. Etnologiyaning kelgusidagi istiqbolli mavzulari to'g'risida mutaxassis olimlar orasida kechayotgan bahs-munozaralarda
ko'plab tadqiqotchilar germenevtika antropologiya fanning istiqbolli yo'nalishi deb ta'kidlamoqdalar. Bunga sabab mazkur yo'nalish tarafdorlari «madaniyat obyektini tadqiq qilish subyekti asosan, yevropalik tadqiqotchilar bo'lishi kerak, yevropalibo'lmaganjamoalar bunda tadqiqot obyektigina bo'lishi mumkin»
degan g'oya asosida shakllangan yevrotsentrizm g'oyasidan butkul voz kechishdi. Ular sayyoramizning har qaysi mintaqasida yashovchi ilmiy izlanuvchi tadqiqot subyekti bo'lishi va o'z navbatida, yevropa madaniyati tadqiqot obyekti sifatida o'rganilishi mumkin degan g'oyani ilgari suradilar. Qolaversa, hozir alohida
madaniyatlarning o'zaro yaqinlashuvi jarayoni ularning yagona global madaniy tizimda birlashishlariga sabab bo'lmoqda. Shu bois hozir etnologiya fanida boshqa madaniyatlarni nafaqat tadqiqot obyekti sifatida tadqiq etishga, balki tarixiy-madaniy jarayonlar muammolariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'z navbatida esa mazkur yo'nalishlar doirasidagi mavzular fanning istiqboldagi
yo'nalishlari sifatida e'tirof etilmoqda. Zamonaviy etnologiyada "orqada qolgan" etnik birliklargina emas, balki zamonaviy taraqqiy etgan industrlashgan jamiyatlar ham tadqiq qilinmoqda. Qolaversa, aynan oxirgi yillarda olib borilayotgan samarali amaliy tadqiqotlar va etnologiyaning turli yondosh fanlar bilan o'zaro tutashishi natijasida "etnosot-siologiya", "etnopsixologiya", «etnolingvistika», «etnodemogra- fiya» kabi o'zaro tutash yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi. Etnologiyada ko'proq insoniyat va uning madaniyatini tadqiq qilishga va ularni ilmiy analitik tarzda tahlil etishga e'tibor qaratilmoqda. XX asr milliy g'oyalar, harakatlar va milliy-etnik nizolar avj
olgan davr hisoblanadi. Xalqlar tarixiy-madaniy taraqqiyoti- ning doimiy rivoji etnoslararo jarayonlar va milliy-ozodlik harakatlarning ma'lum darajada avj olishiga sabab bo'lgan deb hisoblash mumkin. Bu jarayonlar Norvegiya, Irlandiya, Polsha, Finlandiya, Boltiqbo'yi davlatlarining milliy mustaqillikni qo'lga kiritishlari, Markaziy Yevropada va Bolqonda birinchi jahon urushidan key in Avstriya-Vengriya imperiyasi o'mida qator milliy davlatlarning barpo bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa, ikkinchijahon urushidan keyin yirik kapitalistik mamlakatlar o'zlarining qator mustamlakalaridan mahrum bo'ldilar. Janubiy-Sharqiy
Osiyoda, Hindixitoyda, Afrikada qator mustaqil davlatlat vujudga keldi. Shuningdek, 1991-yildan keyin sobiq Ittifoq o'rnida 15 ta mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi ham ma'lum ma'noda milliy-etnik muammolar bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu ma'lumotlar milliy va etnik omillarning o'ta muhim ahamiyat
kasb etayotganligidan dalolat beradi. O'z navbatida, etnologik nazariyalardan qay biri etnik jarayonlarni izohlashda eng maq- buli hisoblanadi? - degan savol paydo bo'lishi tabiiydir. Ayrim tadqiqotchilar tarixdagi etnik jarayonlarni izohlashda eng
maqbuli turli etnologik, sotsiologik va madaniyatshunoslikka oid maktablar orasidan sintez qilib olingan tarixiy etnologiya deb hisoblaydilar.
XX asr oxirida dunyo etnik manzarasining keskin ravishda o'zgarib borishi tadqiqotchi olimlarni etnologiyaning tadqiqotobyekti muammosiga yana qaytadan murojaat qilishlariga sabab bo'lmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi turli-tuman muammolar natijasida paydo bo'lgan ko'p sonli diasporalar, emigrantlar va qochoqlar rivojlangan davlatlarning etnik tarkibini jiddiy o'zgartirib yubordilar. Maha1liy avtoxton etnoslar orasida kamsonli etnik jamoalar o'zlarining mustahkam mavqyelarini egallamoqdalar. Boshqa tomondan esa G'arbiy Yevropadagi
integratsion jarayonlar qator yangi etnik muammolarning paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Yangi tarixiy vaziyat va jamiyat hayotidagi muammolar etnologiya tadqiqot hududining kengayishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi kunda yangi mavzularning paydo bo'lishi tadqiqotchilarga fan ichida mustaqil tadqiqot mavzulari va yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish imkoniyatini bermoqda. Jumladan, G'arbiy Yevropa etnologiyasida bugungi kunda iqtisodiy etnologiya, sotsial
etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya kabi Yo'nalishlar mustaqil holda taraqqiy etib, rivojlanib bormoqda.
Etnologiya fanining kelgusidagi asosiy tadqiqot obyektlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
• etnik antropologiya (xalqlarning etnogenez va antrofizik taraqqiyoti muammolarini tadqiq etadi);
• etnik sotsiologiya (etnik guruhlar rivojlanishining ijtimoiy aspektlari va mavjudligini, ularning o'zlikni anglash va o'z-o'zini anglash shakllari, etnik guruhlar orasidagi aloqalar shakllarini tadqiq qiladi);
• etnik ps ixologiya ( etnik stereoti plarning shakllanishi, etnik ong va etnik o'zlikni anglash muammolarini o'rganadi);
• iqtisodiyetnologiya (etnoslarning xo'jalik yuritish va iqtisodiy muammolarini tahlil qiladi);
• etnodemografiya (mazkur yo'nalishning asosiy vazifasi aholi sonining o'sib borishi dinamikasi va demografik jarayonlarni o'rganishdir);
• etnogeografiya (etnoslarning geografik joylashuvi, ular· taraqqiyotida hududiy omilning tutgan o'rni va etnik hududlar va etnik chegaralar muammolarini tahlil qiladi); • etnopedagogika (turli etnoslardagi ta'lim-tarbiyaviy jaray'onlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi). G'arb mamlakatlarida hozir etnologiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo'lib, bunda asosiy e'tibor ijtimoiy guruhlar orasidagijarayonlarga qaratiladi. Shuningdek, fanda local va globaljarayonlami o'rganishda tadqiqiy tanlanish, ya'nijamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni emas, halki etnos va turli-tuman madaniyatlarning o'ziga xos xususiyatlaridan ke1ib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan ko'rinishlar bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshqachasiga, so' nggi yillarda bajarilayotgan tadqiqotlarda asosiy e'tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari,
ya'ni paydo bo'lganidan to hozirgi davrga qadar tarixiy yo'lining global miqyosdagi tavsif qilishga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Postmodernizm g'oyasi bilan boyitilgan etnologiya fanining
bugungi kundagi asosiy vazifasiga etnomadaniy munosabatlarni hosil qiluvch etnosni o'zining ichidagi va etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Tadqiqotchilar oxirgi paytlarda etnik madaniyatlarga va ularning lokal xususiyatlariga, odamlarning kundalik tunnush tarziga ko'proq e'tibor qaratmoqdalar. Eng muhimi, hozir bajarilayotgan ko'plab etnologik tadqiqotlar
amaliyotda qo'llanilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va eng dolzarb deb e'tirof etilgan ijtimoiy muam- molar doirasida am alga oshirilayotganligi yuqoridagi fikrimizga yanada oydinlik kiritadi.



Yüklə 59,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə