O‘rta Osiyo cho‘llariga umumiy tavsif
Cho’llar cho’l emas, ular bitmas tuganmas xazina. Cho’llar tabiatning o’ziga xos
ne’matlarini mujassam qilgan nodir hududlardir. Ularning nodirligi eng avvalo jonli
olamning yashash manbai bo’lgan quyosh nuri va haroratining ko’pligi hamda suv
resurslarini esa o’ta taqchilligidadir. Lekin suvni inson aql - zakovati, qudrati bilan
cho’lga keltira oladi, quyosh nuri va issiqlikni esa yo’q. O’rta Osiyo, jumladan
O’zbekiston cho’llarini yana bir nodir tomoni shundaki ularning “qoq” o’rtasidan
Amudaryo va Sirdaryo g’arbga - Orol dengizi tomon oqadi. Mazkur daryolar
Tyanshan-Pomir tog’larining in’omi. Tog’lar suv to’playdi va nihoyat uni cho’llarga
“uzatadi”. Tog’larning cho’llarga baxshida etgan bu muruvvati uzoq geologik va
tarixiy davrdan buyon davom etib kelmoqda. Insonlar esa bu azaliy muruvvatdan
foydalanib, cho’llarda obod maskanlar - vohalar va madaniy qadriyatlar majmualarini
bunyod etganlar. Ushbu daryolar kelgusida ham tabiiy, tarixiy, diniy va madaniy
jihatdan yaxlit bo’lgan Orol havzasidagi xalqlar uchun bab - barovar xizmat qilmog’i
lozim.
Tabiatda, yer yuzida yomon joyning o’zi yo’q, balkim nodon egasi bo’lishi
mumkin. Shu jihatdan qaraganda, cho’l tabiati ham go’zal, o’zgacha go’zal; bu
yerning osmoni musaffo, yulduzlari yorqin va katta, haqiqiy geografik ufqni aynan
shu yerda ko’rish mumkin. Ayniqsa, yam-yashil o’tloq va lolaqizg’aldoqlar bilan
gilamdek qoplangan cho’l manzarasini bahor oylarida ko’rish har qanday kishiga
rohat va halovat, shavqu zavq, xush kayfiyat bag’ishlaydi.Cho’l zonasi o’ziga xos
tabiiy kompleks bo’lib, yer sharining mo’’tadil, subtropik va tropik iqlim
mintaqalaridagi o’ta qurg’oqchil kontinental iqlimli hududlardan iborat. Cho’llarning
paydo bo’lishi va rivojlanishi sayyoramiz geografik qobig’ining zonalligi bilan
bog’liqligi aniqlangan. Zonallik esa, yer yuzida issiqlik va namlikning bir me’yorda
taqsimlanmaganligini mahsulidir. Ayrim olimlar yuqoridagilar bilan birga orografik
to’siqlar, subtropik kengliklarda yil davomida yuqori atmosfera bosimini
hukmronligi, sovuq dengiz oqimlarining materik sohillariga ta’siri kabi omillar ham
cho’llarni shakllanishida etakchi o’rin tutadi, deb hisoblaydilar. Iqlimiy
ma’lumotlarga ko’ra, hozir cho’l va chalacho’llar 4,7 mlrd. ga ni egallaydi.
Quruqlikni qariyb 1/3 qismini ishg’ol etgan bunday joylarda dunyo aholisining 15
foizi yashaydi.
O’rta Osiyo hududida cho’llarni shakllanishi al’p burmalanishiga borib taqaladi.
Kaynazoy erasining neogen davrida sodir bo’lgan alp burmalanishi natijasida o’lka
janubidagi Pomir, Hindikush, Paropamiz, Safedko’h, Bandi Turkiston, Kopetdog’
tog’lari ko’tarilgan. Mazkur tog’lar Hind okeanidan keladigan iliq va sernam havo
massalarini to’sib, mintaqada arid zonani hosil bo’lishiga hissa qo’shgan.
Cho’lshunos olimlar A.G.Babaev va Z.G.Freykin fikricha, cho’ldeganda- juda
quruq va jazirama iqlimli, nihoyatda kam yog’inli va nisbatan siyrak o’simlik
qoplamiga ega bo’lgan tabiiy hududlar tushuniladi. Bunday joylarda atmosfera
yog’inlarining kamligi (250 mm gacha) va ularni yil fasllari bo’yicha notekis
taqsimlanganligi xos, shuningdek, tushadigan yog’inlarga ko’ra bug’lanish bir necha
marta yuqori. Cho’llarda doimiy oqar suvlar shakllanmaydi.
Ana shunday iqlimiy xususiyatlarga ega tabiat zonasi O’rta Osiyoning katta
qismini ishg’ol etgan. U g’arbda Kaspiy dengizi qirg’oqlaridan sharq va janubisharqda Jung’oriya Olatovi, Tyanshan va Pomir-Oloy tog’ tizimlarigacha, shimolda
taxminan 480
sh.k. dan janubda Kopetdog’ va Paropamiz tog’ oldilarigacha
cho’zilgan. Cho’l va chalacho’llar o’lkaning 65,3 foizini egallab, ularning maydoni
qariyb 211 mln gektarga yetadi.
Cho’llanish ham global maqomga ega bo’lgan muammolardan biri bo’lib,
ekologik muammolar toifasiga kiradigan tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlarni
buzilishi oqibatidir. Muammoning xalqaro jamoatchilik e’tiboriga tushishiga asosiy
sabab Afrikadagi Sahroi Kabir cho’lining janibiy chegarasida joylashgan Sahel
zonasida ro’y bergan surunkali qurg’oqchilik va uning fojiyali oqibatlaridir.
Cho’llanish ba’zan yarim nam iqlimli joylarda ham kuzatiladi. Qurg’oqchilik
esa cho’llanish jarayonining “xamirturushi’’dir. X-XVIII asrlar davomida Rossiyada
40 marta qurg’oqchilik sodir bo’lgan, XIX asrda esa 9 marta. Hozirgi davrda o’rmondasht va dasht zonalarida ham har 3-4 yilda ushbu zararli ofat takrorlanmoqda.
Qayd qilish lozimki, sobiq Ittifoqda va O’rta Osiyoda cho’llanishga qarshi
kurash, ya’ni uning tashkiliy va bevosita amaliyoti bilan bog’liq masalalarni hal
qilishda Turkmaniston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Cho’llar instituti jamoasining
o’rni beqiyos bo’ldi. Bu institut 1962 yilda tashkil etilgan. Mazkur ilmiy markazga
1967 yildan boshlab sobiq Ittifoq hududidagi qurg’oqchil (arid) hududining tabiiy
resurslarni o’rgnish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan
ilmiy jamoalar ishini muvofiqlashtirish huquqi berildi. Institut huzurida “O’rta Osiyo
va Qozog’iston cho’l hududlarini o’rganish va o’zlashtirish“ muammolari bo’yicha
Ilmiy kengash tashkil qilindi. 1967 yildan boshlab har yili 6 marta “Cho’lni
o’zlashtirish muammolari “ nomli Xalqaro ilmiy- amaliy jurnalni chop etish yo’lga
qo’yildi. Ushbu jurnal cho’llanishga qarshi kurash, cho’lshunoslik ilmi va cho’l
zonasi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni asrab - avaylanishning
jarchisi deb baholash lozim.
O’rta Osiyoda cho’llashishning yuzaga kelishi va rivojlanishida insonning
faoliyati ham asosiy omil hisoblanadi. Binobarin, cho’llashish arid va semirid
zonalarining resurslaridan oqilona foydalanilmaganligi natijasida vujudga kelgan.
Arid hududlar yer yuzasining 30% maydonini egallaydi. Bu hududlarda yer
yuzidagi sug’oriladigan ekin maydonining 80 %, 170 mln ga lalmi yer va 3,6 mlrd. ga
yaylov joylashgan. Bu hududlarda 850- 900 mln yoki yer shari aholisining 20%
yashaydi.
O’rta Osiyoda arid yerlar maydoni 250 mln.ga bo’lib, shundan Qozog’istonda
170, Turkmanistonda 40, O’zbekistonda 30, Tojikistonda 7,1 Qirg’izistonda 4 mln.ga
joylashgan. YuNEP ma’lumotiga ko’ra yer yuzida cho’llashish natijasida har yili 6
mln.ga sug’orib ekin ekiladigan yer yo’qotiladi. Umuman olganda cho’llashishdan
yer sharida 40 mln.ga obikor yer, 3,5 mlrd ga yaylov va lalmi yerlar jidaiy zarar
ko’rgan. Keyingi 20 yil davomida (1974-1994 yillar) cho’llashish natijasida qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini yo’qotishdan ko’rilgan zarar yer yuzida 520 mlrd. amerika
dollarini tashkil qilgan. Shu yo’sinda davom etadigan bo’lsa, yaqin kelajakda yer
sharining qurg’oqchil rayonlarida haydaladigan yerlarimizning 1/3 qismi yo’qotiladi.
O’rta Osiyo hududi ikkita iqlim mintaqasida joylashgan. a) mo’tadil
mintaqaning janubida va b) subtropik mintaqaning shimoliy qismida. Mo’tadil iqlim
mintaqasida dasht, chala cho’l va cho’l zonalari, subtropik mintaqada subtropik
cho’llar zonasi joylashgan.
Dasht zonasiga Turg’ay platosining shimoliy qismi, Qozog’iston past
tog’larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. O’lka okeanlardan ancha uzoqda joylashganligi sababli bu zona iqlimi quruq, yog’inlar kam, bahor va kuz qisqa. Yillik
yog’in miqdori 300 mm, yanvarning o’rtacha harorati -17 -18° iyulniki 20-24°. Dasht
zonasining shimoliy qismida (janubida to’q kashtan tuproqlar tarqalgan) asosan
pakana qiyoq, chalov, betaga o’sadi.
Kelgusida O’rta Osiyo o’lkasidagi cho’l zonasining tabiiy geografik
jarayonlardan, tabiiy sharoit va resurslaridan samarali foydalanish uchun
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1. Cho’l zonasida hanuzgacha xo’jalik ishlariga zarar keltiradigan ko’chmabarxanli qumlar katta maydonlari mavjud. Cho’llarda qora saksovul yo’laklarini
barpo etish cho’llarga chiroyli manzara baxsh etish bilan bir qatorda yaylovzorlarni
va tuproq qoplamini shamol eroziyasidan himoya qiladi, cho’l husniga husn qo’shadi.
2. Bundan tashkari biologik resurslarga kambag’al bo’lgan yaylovzorlar
uchraydi. Ushbu hududlarni fitomelioratsiya usuli bilan biomahsuldorligini oshirish
maqsadga muvofiq. Bu borada oq saksovul, qandim, cherkez, shuvoq, izen, ili
astragali kabi fitomelioratlardan foydalanish lozim.
3. O’rta Osiyo hududida atmosfera yog’inlari tufayli hosil bo’ladigan suvlarni
to’plash (birinchi navbatda yirik soylar etagida kichik suv omborlarini qurish) nafaqat
yaylov chorvachiligi balki, cho’l turizmi kabi sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini
beradi.
4. Hozirgi taraqqiyot bosqichida asosiy vazifalardan biri iqlimiy sharoitni
yanada chuqurroq o’rganish, landshaft xususiyatlarini hisobga olib iqlim
resurslaridan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’lida yanada kengroq
foydalanishdan iboratdir.
5. Vohalar va ularning atrofidagi cho’llarning mikroiqlimini yaxshilash
maqsadida har yili o’tloq, butazor va daraxtzorlar maydonini kengaytirib borishni reja
asosida amalga oshirish zarur.
Yuqorida qayd qilingan takliflar amalga oshirilsa O’rta Osiyo hududdida
jumladan yurtimiz cho’llaridan, uning iqlimiy xususiyatlaridan foydalanish
imkoniyati ortib boradi va mamlakatimizning kelgusi rivoji uchun mustahkam
poydevor bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |