11-Biologiya (11-13 mavzular)



Yüklə 25,25 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü25,25 Kb.
#147890

11-Biologiya (11-13 mavzular)
1. O’simliklarning xilma-xilligi tuproqning qaysi xususiyatlariga bog’liq?
1) mikroorganizlariga; 2) kimyoviy tarkibi;
3) ultrastrukturasi; 4) iqlim omillariga; 5) strukturasi; 6) pH
A) 1,2,5 B) 2,4,6 C) 2,3,6 D) 2,5,6
2. Balandlik ortgan sari ortasi(a); kamayadi(b)?
1) harorat; 2) yog’ingarchilik miqdori; 3) radiatsiya kuchi; 4) atmosfera bosimi; 5) shamol tezligi;
6) nurlanish miqdori;
A) a-2,3,5; b-1,4 B) a-1,4; b-2,3,5
C) 1,4,5; b-2,3 D) a-1,5,6; b-2,4
3.Tik qiyalikda o’suvchi o’simlikarning ekologik guruhga mansub o’simliklar berilgan javobni belgilang.
1) saksovul; 2) agava; 3) yantoq; 4) na’matak;
5) qamish; 6)juzg’un; 7) qo’g’a; 8) shakarqamish
A) 1,4,6 B) 2,5,7 C) 2,4,8 D) 1,3,6
4. Edafik omillarga asosan tuproqning organik moddalari bilan belgilanuvchi qaysi xossalari misol bo’ladi?
1)kimyoviy tarkibi; 2) tirik organizmlar;
3) strukturasi; 4) vaqt; 5) suv rejimi; 6)iqlim omillari; 7) havo va harorat me’yori; 8) relief
A)2,3,5,7 B) 1,4,6,7 C) 2,4,6,8 D) 1,3,5,7
5. Tuproq hosil qiluvchi omillarni belgilang. 1)kimyoviy tarkibi; 2) tirik organizmlar;
3) strukturasi; 4) vaqt; 5) suv rejimi; 6)iqlim omillari; 7) havo va harorat me’yori; 8) relief
A)2,3,5,7 B) 1,4,6,7 C) 2,4,6,8 D) 1,3,5,7
6. Tuproq hosil bo’lishida ishtirok etuvchi umurtqasizlar hayvonlar tipini belgilang.
A) molluskalar, halqalilar,bo’g’imoyoqlilar
B) hasharotlar; bo’g’imoyoqlilar, molluskalar
C) hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar
D) molluska, chuvalchang, halqalilar
7. Bir o’rmonda yashovchi bug’u va qizilishton o’rtasidagi munosabatga qanday ramziy belgi qo’ysak bo’ladi?
A. (- -) B.( 0 +) C.( + -) D.(0 0)
8. Yerning geologik qobiqlari-atmosfera, gidrosfera , litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi qanday omilga misol bo’la oladi? A.biologik antropogen B. fizik antropogen
C. ijtimoiy antropogen D.kimyoviy antropogen
9.Insonning tabiatga bevosita ta’siri haqidagi noto’g’ri javobni toping.
A.Inson tabiatning muayyan obektiga emas, balki boshqa obektlarga ta’sir qiladi
B.Suv havzalarining fizik va kimyoviy ko’rsatkichlarining o’zgarishi
C.Inson hayvonlarni ovlashi natijasida hayvon turlarining keskin kamayishi
D.Inson yog’och kesganda o’rmonga ta’siri
10.Tuproq tarkibida azotning kam bo’lishi qaysi organizmlarning paydo bo’lishiga olib keldi?
A. ko’k yashil suvo’tlarning paydo bo’lishiga B.tugunak bakteriyaning paydo bo’lishiga
C. hasharatxo’r o’simliklarni paydo bo’lishiga
D. saprofit bakteriyalarning paydo bo’lishiga
11. Yorug’sevar o’t baland daraxt soyasida qolib ketdi va yorug’lik yetishmay rivojlanishdan orqada qoldi . Bu misol qaysi biotik munosabatga kiradi.
A.amensalizm B.o’zaro raqobat
C.konkurensiya D.kommensalizm
12. Yopishqoq baliqning akula tanasiga yopishib olishga xizmat qiladigan so’rg’ichi nimaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A. orqa suzgichining B. dum suzgiching
C. qorin suzgiching D.anal suzgiching
13.Mog’or zamburug’lari bakteriyalarning o’sishi va ko’payishini to’xtatib qo’yuvchi antibiotik ishlab chiqarishi qaysi munosabatga misol bo’la oladi? A.antibioz, ammensalizm
B.antagonistik, konkurensiya
C.neytralizm, parazitzm
D.antibioz,kommensalizm
14. Tasqara sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanishiga qanday belgi qo’ysak bo’ladi?
A. (- +) B.(+ 0) C.(+ -) D.( 0 +)
15.Simbioz munosabatning ikki populyatsiya uchun manfaatli va majburiy(a), ikki tomon uchun manfaatdor lekin majburiy bo’lmagan turini toping.
A.a-protokooperatsiya, b-mutualizm
B.a-mutualizm, b-protokooperatsiya
C.a-kommensalizm, b-mutualizm
D.a-mutualizm, b-kommensalizm
16.(+ +) belgiga mos bo’la oladigan munosabatni toping.
A. asalarilar o’simliklardan chang, nektar yig’ishi
B.daraxtlar tanasi va shoxlarida yo’sinlarning joylashib olishi
C. baliqlar tuxumlarini ikki pallali molluskalarning mantiya bo’shlig’iga qo’yishi
D. kemiruvchilarning uyida hasharotlarni yashashi
17. Quyidagilarni juftlang.
a)o’zaro neytral munosabat-birgalikda yashaydigan organism bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi; b)o’zaro foydali munosabat-birgalikda yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi; d)foydali-zararli munosabat – birgalikda yashaydigan organizmlardan biri ushbu munosabatda foyda olsa, ikkinchisi zarar ko’radi; g)foydali-neytral munosabat – birgalikda yashaydigan organizmdan biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchi hech qanday naf yoki zarar ko’rmaydi; e)zararli-neytral munosabat – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan zarar ko’rsa, ikkinchinchisi hech qanday foyda yoki zarar ko’rmaydi; h)o’zaro zararli munosabat – birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkisi ushbu munosabatdan zarar ko’radi;
1)00; 2)++; 3)+-; 4)+0; 5)-0; 6)--;
A)a-1; b-3; d-2; g-5; e-4; h-6
B)a-1; b-2; d-3; g-4; e-5; h-6
C)a-2; b-1; d-3; g-4; e-6; h-5
D)a-1; b-2; d-5; g-4; e-3; h-6
18. Bir o’rmonda yashovchi qizilishton va bug’uning bir-biriga munosabati qanday ekologik munosabat turiga mansub?
A)mutualizm B)neytralizm
C)protokooperatsiya D)kommensalizm
19.Quyidagi ekologik munosabat turlarini misollari bilan juftlang.
a)mutualizm; b)prokooperatsiya; g)kommensalizm;
1)lishaynik tanasida zamburug’ va suvo’tlar munosabati; 2)dukkakli o’simlik ildizi va tugunak bakteriyalar munosabati; 3)asalarilar va gulli o’simliklar orasidagi munosabat; 4)mayda baliqlar yirik baliqlar terisini, Jabra va og’iz bo’shlig’ini parazitlardan tozalashi; 5)mikoriza-qalpoqchali zamburug’lar va yuksak o’simliklar orasidagi munosabat; 6)termitlar va ularning ichagida yashovchi bir hujayrali xivchinlilar orasidagi munosabat; 7)daraxt shoxlari va epifit o’simliklar orasidagi munosabat; 8)qushlar hamda kemiruvchilar uyalaridagi turli o’rgimchaklar va hasharotlar orasidagi munosabat; 9)medusa va aktiniyalar paypaslagichlari orasiga yashirinib olgan baliqlar orasidagi munosabat; 10)gorchak baliq ikki pallali molluskalar mantiya bo’shlig’iga tuxum qo’yishi; 11)aktiniya va zohiq qisqichbaqasi orasidagi munosabat;
A)a-1,2,5,6; b-3,4,11; g-7,8,9,10
B)a-1,2,6; b-3,4,5; g-7,8,9,10,11
C)a-1,6,7; b-2,4,11; g-9,10
D)a-2,11; b-1,5,6,7; g-3,4,10
20. Erkak sutemizuvchilar ko’payish davrida oila qurish imkoni uchun bir-biri bilan olishishi ekologik munosabatning qanday turiga mansub?
A)yirtqichlik B)protokooperatsiya
C)o’zaro raqobat D)amensalizm
21. Quyidagi ekologik munosabat turini aniqlang:
O’zaro biotik munosabat turi bo’lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko’rsatadi, salbiy ta’sir ko’rsatayotgan organizmning o’zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko’rmaydi?
A)konkurensiya B)yirtqichlik
C)amensalizm D)parazitlik
22. Organizmlar orasidagi munosabatni mos shartli belgilar bilan to’g’ri ketma-ketlikda belgilang.
1)o’simlik urug’larining chumolilar tomonidan tarqalishi; 2)epifit o’simliklar daraxt po’stlog’ida o’sishi; 3)o’rmonda yashovchi bug’u va olmaxon munosbati; 4)mayda baliqlar medusa soyaboni ostida yashirinishi; 5)o’simliklar asalari tomonidan changlanishi; 6)askarida va odam o’rtasidagi munosabat; 7)bo’ri va tulki munosabati; 8)chumoli va shira bitlari orasidagi munosabat;
A)++; +0; 00; +0; ++; +-; --; ++
B)++; +0; --; 0+; ++; +-; 00; ++
C)+-; +0; 00; 0+; ++; -+; --; ++
D)-+; +0; 00; 0+; -+; +-; --; ++
23. Kommensalizmga hos javobni toping.
1) gorchak baliq ikki pallali molluskaning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yishi, 2) birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, 3) tasqara sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi, 4) (++), 5)xivchinlilar va termitlar munosabati, 6) (+0),
7) yopishqoq baliqning orqa suzgichi so‘rg‘ichlarga aylangan bo‘lib, baliq ular yordamida akula tanasiga yopishib oladi, 8) aktiniya «zohid» , 9) asalarilarni o’simlilarni changlatishi
A) 8,4,9 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 4,9,5
24. Fizik (a) biologik (b) kimyoviy (s) antropogen omillarga tegishli xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
1.yadro energiyasidan foydalanish 2.geologik qoldiqlarning chiqindilar orqali ifloslanishi 3.shovqin kuchini ortishi 4.parazit hayvonlarni ortishi 5.bezgak paraziti qonda parazitlik qilishi.
A) a-1,3 b-1,4,5, s-2 B) a- 3,4 b-2 s-1,5
C) a-1,4 b-3,5 s-2 D) a-1,3 b-4,5 s-2
25. ………… G.F Gauze tomonidan yaxshi o’rganilgan.
A.bir turga mansub organizmlarning oziqlanishi B.raqobatni cheklovchi prinsip
C.ikki xil turni ko’payishini
D.turlararo raqobat
26. Kannibalizm hodisasiga nima sabab bo’la oladi? A. populyatsiya zichligi
B. abiotik omillarning yetishmasligi
C.arealning torayishi
D. o’limning kamayishi
27. Ayrim baliqlar qaysi hayvonlarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi? A.korall polip
B.meduza va aktiniya
C.boshoyoqli molluskalar
D.meduza va qisqichbaqa
28. Sukkulent (a) va sklerofitlarga(b) mos keluvchi ma’lumotlarni farqlang.
1) sioplazmasi yuqori yopishqoqikka ega;
2) hujayralari yuqori osmotic bosimga ega;
3) to’qima va organlarida suvni zaxiralash va tejab foydalanish; 4) ,, nasos o’simliklar’’ deb ataladi
A) a-1,2; b-3,4 B) a-3,4; b-1,2
C) a-1; b-2,3,4 D) a-3; b-1,2,4
29. Sukkulent o’simliklarni aniqlang.
a) saksovul; b) molodilo; c) agava; d) yantoq; e) shuvoq
A) a,b B) b,c C) d,e D) a,b,e
30. Qaysi omil ta’sirida o’simliklar organlarning fazo joylashuvini o’zgartirish xususiyatiga ega bo’ladi?
A) shamol B) harorat C) namlik D) yorug’lik

Yüklə 25,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə