11-dars mavzusidan rangli metallurgiyaning yalpi sanoat mahsulotidagi salmog‘ini aniqlang



Yüklə 7,09 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,09 Kb.
#166710
rangli metallurgiya

  • 8-sinf geografiya darsligi asosida 18-mavzu:
  • 11-dars mavzusidan rangli metallurgiyaning yalpi sanoat mahsulotidagi salmog‘ini aniqlang.
  • Rangli metallurgiya: a) rangli metall rudalarini qazib chiqarish; b) boyitish; d) eritish; e) qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi.
  • Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish, uning mudofaa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.
  • Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish asosida rangli metallurgiya - og‘ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo‘linadi (37-rasm).
  • Ilgari O‘zbekistonda faqat qimmatbaho metallar qazib chiqarilgan.
  • Endilikda og‘ir metallarni ham, qiyin eruvchi metallarni ham ishlab chiqa ­rish yo‘lga qo‘yilgan.
  • Ularni olishda juda ko‘p elektr energiyasi sarflanadi. Bunday ishlab chiqarishlar ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deyiladi.
  • Mamlakatimizda oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden va boshqa rangli metall rudalarining zaxirasi ko‘p. Faqat mis konlarining o‘zi 15 tadan ortadi.
  • Xaritadan mis konlarining o‘rnini aniqlang.
  • Angren-Olmaliq kon sanoati rayoni mamlakatimiz rangli metallurgiya sanoatida alohida ahamiyatga ega.
  • Mis rudasi tarkibida molibden, oltin, kumush kabilar birga uchraydi.
  • Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab turibdi.
  • Kombinat Qalmoqqirkon, Qo‘rg‘oshinkon konlari, qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi, elektr stansiyasi va bir qancha yordamchi korxonalardan iborat (38-rasm).
  • Konchilarning obod shahri - Olmaliq kon o‘zlashtirilishi jarayonida barpo bo‘lgan.
  • Boyitish fabrikasi - rudaning keraksiz qo‘shilmalarini chiqarib tashlash yoki yangi moddalar qo‘shish yo‘li bilan foydali sifatlarini orttiruvchi korxona.
  • Rangli metallurgiyaning mahsulotlari - volfram va molibden ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Volframning erish harorati juda yuqori (3370°C).
  • Yuqori haroratli pеchlarning qizdiradigan elеmеntlari va elеktr lampochkaning qiziydigan simlari volframdan yasaladi. Chirchiq shahridagi qiyin eriydigan qattiq qotishmalar zavodi mamlakatdagi nihoyatda muhim korxonalardan hisoblanadi. Bu korxona mahsulotidan elektrotexnika, mashi-nasozlik, asbob sozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi.
  • Rangli metallar qimmatli xususiyatlarga ega. Ularning ba’zilari (qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel) zang lash (korroziya)ga chidamli, boshqalari (titan, volfram) issiqqa bardoshli yoki elektr tokini yaxshi o‘tkazadi (aluminiy, mis, kumush, oltin).
  • Ohangaron ko‘mir havzasida aluminiy xomashyosi - kaolin gilining ulkan zaxirasi mavjud.
  • O‘rta Chirchiq plavik shpat kombinatida esa aluminiyni elektroliz usulida olishda ishlatiladigan plavik shpat tayyorlanadi.
  • Oltin - noyob metall. U yer ostida ham, namlikda ham o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Ammo uni izlab topish va tog‘ jinslaridan ajratib olish juda ko‘p mehnat, mablag‘ talab etadi.
  • Oltin siz bilgan zargarlikdan tashqari elektronika, kompyuter ishlab chiqarishda, kosmik kemalarda, atom reaktorlarida ko‘p qo‘llaniladi. Bitta atom reaktorining ichki devori 16 kg oltin bilan qoplanadi.
  • Samarqand bilan Buxoro oralig‘idagi tog‘lardan ikki ming yil burun ham oltin qazib olingan. X-XIII asrlarda kon sanoati o‘z zamonasiga xos yuksak rivojlangan.
  • XIX asrda Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, mavjud konlarni xaritalarga tushirdi.
  • Oltin qidiruv ishlarini barcha joylarda kuchay-tirdi. XX asr o‘rtalaridan o‘zbek olimlarining izlanishlari asosida Muruntov, Chodak, Zarmitan, Qo‘shbuloq, Qizilolma, Marjonbuloq oltin konlari aniqlandi.
  • 1969-yilda dastlabki oltin yombisi quyildi. Shu vaqtdan oltin qazib olish sanoati shakllandi.
  • O‘zbekiston oltin qa zib chiqarish bo‘yicha dunyo da yettinchi, MDH davlatlari ichida esa ikkinchi o‘rinda turadi.
  • Mamlakatimizda oltin qazib olish sanoatining yana bir yirik markazi - Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir.
  • Muruntov koni O‘zbekistondagina emas, Yevrosiyodagi oltin konlari ichida eng kattasi bo‘lib, ruda qazib olingan joy hajmi 2×4 km va chuqurligi 400 metrdan ortiq afsonaviy o‘rani eslatadi (39-rasm).
  • Oltindan keyin turadigan qimmatbaho metall - bu kumush dir. Qurama tog‘ tizmala-rida yirik kumush konlari topilgan.
  • Toshkent oldi rayonida kumush katta miqdorda ajratib olinmoqda. Qizilqumda kumush ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
  • Hozirgi kunga kelib tarkibida oltin va kumush bo‘lgan 30 dan ortiq ruda konlari aniqlangan.
  • Metallar iqtisodiyotda turli maqsadlarda ishlatiladi. Mis sof holida ham, qalayi bilan (bronza), nikel bilan (melxior), aluminiy bilan (duraluminiy), rux bilan (latun) qotishma holda ham elektrotexnikada va mashina-sozlikda keng foydalaniladi.
  • Qo‘rg‘oshin akkumulatorlar, elektr kabellari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Temir buyumlar zanglamasligi uchun rux bilan sirlanadi. Qalayidan oq tunuka va podshipniklar yasashda foydalaniladi.
  • Mamlakatimizda kumush, uran, volfram va boshqa qimmatbaho ruda konlari ham bor.

Yüklə 7,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə