11-mavzu: tarbiya texnologiyalari, boshlang`ich ta’lim fanlaridan slaydlar va elektron darsliklar yaratish



Yüklə 28,03 Kb.
səhifə3/6
tarix14.06.2023
ölçüsü28,03 Kb.
#117063
1   2   3   4   5   6
11-mavzu tarbiya texnologiyalari, boshlang`ich ta’lim fanlarida

Foydali ishlarga tayanish. Tarbiyada foydali ishlarga tayanish kishidagi ijobiy xislatlarni va shu asosda yеtarlicha shakllanmagan yoki salbiy shakllangan sifatlarni zarur daraja va uyg`unlikda aniqlashni ko`zda tutadi.
Prinsipni amalga oshirish quyidagi qoidalarga asoslanadi:

  • tarbiyaviy jarayonda adovat, tarbiyalochining tarbiyalanuvchi kurashi kuch va pozitsiyalarini qarama-qarshi qo`yish mumkin emas;


  • ijobiy natijalar tarbiyalanuvchi taqdirida tarbiyalovchining xamkorlik, toqat va manfaat ko`ruvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatini bеradi;


  • tarbiyalanuvchining axloqida yuzaga kеlgan kamchiliklarga diqqatni qaratmaslik, ijobiylarini aniqlash va qo`llab- quvvatlash zarur;


  • o`quvyurtida ijobiy tarbiyaviy muxit, ruxiy-psixologik iqlim yuzaga kеltirish, saramjon-sarishtalik , tozalikni saqlash zarur;


  • tarbiyalanuvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoniyati mavjudligiga ishonch xosil qilish.




Tarbiyani insonparvarlashtirish.
Bu printspga qo`yiladigan asosiy talablar:

  • -tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;


  • -uning xuquqi va erkinligini xurmat qilish;


  • -tarbiyalanuvchiga kuchi еtadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo`yish;


  • -tarbiyalanuvchining xolatini xatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda xam tushunish;


  • -kishining o`zibilan o`zi bo`lish xuquqini xurmat qilish;


  • -tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini еtkazish;


  • -talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik;


  • -shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi jazoga yo`l qo`ymaslik;


  • -ma'lum sabablar bilan shaxsning xaqligiga zid kеluvchi sifatlarni shakllanishini uning tomonidan to`liq rad etilish xuquqini tan olish.


Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning dеmokratlashtirilishi bilan bеvosita bog`langan. Dеmokratlashtirish, dastavval tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarini uslib va mеtodlarida ko`rinadi. Shu ma'noda dеmokratlash avtoritarizmning aksidir.




Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə