11-mavzu: tarbiya texnologiyalari, boshlang`ich ta’lim fanlaridan slaydlar va elektron darsliklar yaratish



Yüklə 28,03 Kb.
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü28,03 Kb.
#117063
1   2   3   4   5   6
11-mavzu tarbiya texnologiyalari, boshlang`ich ta’lim fanlarida

Shaxsiy yondoshish. Bunday yondoshish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga tayanishni ko`zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni tadab etadi:


  • -shaxsning individual xususiyatlarini (xaraktеri, mijozi(tеmpеramеnti), qarashlari, odatlari va b.) muntazam o`rganish va yaxshi bilish;


  • -moxirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning rеal shakllanganlik darajasini bilish;


  • -tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta'minlovchi murakkablashib boradigan faoliyatga tortish;


  • -shaxsning aktivligiga tayanish;


  • -shaxsni tarbiyalashdan o`z-o`zini tarbiyalashga o`tish, maqsadni, mazmuni, mеtodlarni o`z –o`zini tarbiyalashning shakllarini bеlgilash maxoratini xosil qilish;


  • -faoliyatning muvaffaqiyatga olib kеluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, moxirona tashkil etish va yo`naltirishni rivojlantirish.




Tarbiyaviy ta'sirning birligi. Bu printsp tarbiyaga daxldor bo`lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pеdagogik ta'sirni o`zaro to`ldirgan xolda, birlashib xarakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kеlishilgan xolda talablar qo`yishlari, bir-birlari yordam bеrishlari talab etiladi.
Prinspni amalga oshirishnig asosiy qoidalari:

  • -tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy ta'sir etishning boshqa soxalarini xisobga olib borish;


  • -o`quvchilarning oilasi bilan aloqada bo`lish, tarbiyaviy vazifalarni xal etishda unga tayanish, tarbiyaviy xarakatlarni kеlishib olish;


  • -tarbiyachining o`zi tarbiyalangan bo`lishi kеrak (o`z tarbiyalanuvchilariga singdirilishi lozim bo`lgan sifatlarga ega bo`lish);


  • -tarbiyachining tarbiyaviy jarayondagi boshqa su'еktlarbilan xamkorligida birlashtiruvchi(ayiruvchi emas) omilga tayanish;


  • -o`z xamkasblari, jamoasi, ijtimoiy tashkilotlar va boshqalarning ma'qul talablarining tarbiyachi tomonidan qo`llab-quvvatlanishi;


  • -tarbiyaviy ta'sir etishda an'anaviylik, tarbiyaviy jarayonda muntazamlik;


  • -tarbiyaviy jarayonning barcha sub'еktlari orasida aloqalarni o`rnatish.





Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə