11 Mavzu Zamonaviy menejer Reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/9
tarix08.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 mavzu

Axborotlar tizimi – bu murakkab tizim bo`lib, o`z ichiga turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
Har bir rahbarning uslubi ko’p jihatdan qaror qabul qilish uchun zarur va yetarli axborotno olish va undan foydalanishda uning shaxsiy ishlash uslubi bilan belgilanadi.
Rahbar suhbatdoshini shunday tinglay bilishi lozimki, suhbat natijasida ish haqida eng ko’p darajada foydali axborot olishi kerak. Bunga esa boshqarishning, ayniqsa o’z qo’l ostidagilarning fikrlariga, so’zlariga, taklif va tanqidlariga e’tibor bilan munosabatda bo’lgandagina erishish mumkin. Bo’ysunuvchi kishi ma’lum ishini bevosita bajaradi va bu ishni boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.
Shuning uchun rahbar qo’l ostidagilari bilan suhbat qilganida o’zi uchun ayniqsa qimmatli bo’gan axborotni olishni mo’ljallashi kerak. Buning uchun ochiq gaplashish shartini yaratishi lozim. Begonalar bo’lmasligi lozim, telefon qo’ng’iroqlarini cheklash va hokazolar talab qilinadi.
Rahbarning yozishni bilishi – bu faqat savodli yoza bilishi emas, balki fikrni qisqa va ravon, badiiy, sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu o’z qarorini bo’ysunuvchiga yetkazish uslibidir. Ishlab chiqarishni boshqarishda yozish mumkin bo’lgan hamma narsani yozib qo’yish kerak, degan qoida amal qiladi. Bu bo’ysunuvchiga yozilganlarga qarab o’z hatti-harakatini aniq tekshirib boorish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi.
Rahbar o’ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil qila olishi, ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto’g’ri past qiymatli axborot tufayli yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo’lishi, eng muhimi unga kelayotgan axborotlarni saralab olishi kerak. Funktsional xizmat xodimlari, yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi maqsadga muvofiq bo’ladi.



Kommunikatsiya – bu kishilar o`rtasidagi o`zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo`lga quyilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta`minlaydi.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə