11 Mavzu Zamonaviy menejer Reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/9
tarix08.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 mavzu

Teskari aloqa – bu eshitganga, o`qiganga yoki ko`rganga nisbatan aks ta`sir yoki ta`sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga bo`lgan munosabatini, tushunganligi yoki to`liq tushunmaganligi, qo`llab-quvvatlanishi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur.
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysunuvchilar tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga boruvchi rahbar o’zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
Teskari aloqa axborot almashuvi samaradorligini oshiradi va shovqinni kamaytiradi. Axborotni yetkazish nazariyasi tilida shovqin deb, ma`noni buzadigan omillarga aytiladi.
Shovqin doimo mavjuddir. U axborotni noto`g’ri tushunishda, uzatishda namoyon bo`ladi va axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi unsurlardan hisoblanadi. Agar shovqin darajasi kuchli bo`lsa, axborot butunlay ma`nosini yo`qotishi mumkin. Shu sababli axborotni uzatish jarayonida shovqinni e`tiborga olish kerak.

Axborotni qabul qilish




Axborotni odamlarning:
83 % ko’rish orqali;
11 % eshitish orqali;
3,5 % hidlash orqali;
1,5 % paypaslash orqali;
1 % esa ta’tib ko’rish orqali yaxshi
qabul qiladilar.




Inson axborotni qanday eslab qoladi?
Axborotning:
10 % ini adabiyot o’qish orqali;
20 % ini eshitish orqali;
30 % ini ko’rish orqali;
50 % ini kompleks axborot tarzida (ko’rish va eshitish);
70 % ini ma’lumotni muhokama qilish yordamida;
90 % ini biror ish qilayotib, amalga oshirilgan ishning mazmunini muhokama qilish va erishilgan natijalarni baholash yordamida eslab qolamiz.
Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotning turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish, eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bog’liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’yekti faoliyatining ko’p tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi. Bular esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o’ta murakkabligi va davom etish sur’atlarining yuqoriligi bilan bog’liqdir.
Boshqaruv axborotlari turli-tuman bo’lganligi tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun o’ta zarur va yetarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni o’ziga xos belgilariga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash, bu qiyinchiliklarni bartaraf etish yoki biroz yengillashtirishga ma’lum darajada yordam beradi.
Turkumlanganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek, uni to`plash, uzatish va turlarga ajratish osonlashadi, buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to`liqroq ta`min etiladi. Barcha axborotlarni quyidagi belgilar bo`yicha turkumlash mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə