11-sinf jahon tarixi


Har bir to‘g‘ri javob uchun



Yüklə 64,03 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü64,03 Kb.
#167528
1   2   3   4
11-sinf Jahon tarixi BSB -2. Umumtalim uchun

Har bir to‘g‘ri javob uchun
1 ball

3-topshiriq. Maksimal
10 ball

Entoni Bler 1997-yil may oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Asosiy yo‘nalishi konstitutsion islohot bo‘ldi. Entoni Bler va uning safdoshlari fikricha, islohotlar Shotlandiya va Uelsga avtonomiya, Angliya mintaqalariga ko‘proq mustaqillik berishni, saylov haqidagi qonunni isloh qilishni, yuqori palatani qayta tashkil qilish va uning saylanishini joriy qilishni va boshqa bir qator tadbirlarni ko‘zda tutardi. Ammo bu islohotlarni amalga oshirish ancha og‘ir kechdi. Faqat 1999-yilga kelib dastlabki yutuqlarga erishildi. Entoni Bler hukumati ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat xarajatlarini oshirish siyosatini yuritdi, bu mablag‘ lar ning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga sarfl andi. Hukumat ishsizlikni ancha qisqartirishga erishdi. Ammo ijtimoiy ta’minot sohasida hukumat bir qator qat’iy qadamlar qo‘yishga majbur bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash davlat xiz mati, pensiyalar va ommaviy ta’limga davlat xarajatlari qisqartirildi. 2006-yilgi Isroil-Livan urushi yakunlangandan so‘ng, AQSH ortidan Isroilning yonini olgan Britaniya bosh vaziri Entoni Blerning iste’fosi talab qilindi. Entoni Blerning muddatidan oldin iste’foga chiqishini ko‘pchilik britaniyaliklar ham qo‘llab-quvvatladi, ular bosh vazirning amerika parast siyosatidan norozi edi. 2007-yil iyunda E. Bler iste’foga chiqdi.

To‘g‘ri javob uchun
5 ball

Devid Kemeron hukumatining davlat xarajat larini tejash uchun qilgan bir qator harakatlari natijasida YIMga nisbatan budjet tan qisligi qisqardi. Shunga qaramasdan, bu muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bu davrdagi iqtisodiy qiyinchiliklar davlatning butunligiga ham raxna sola boshladi. 2014-yil sentabrda Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilib, unda 45% aholi mustaqillik uchun ovoz berdi. 2015-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konserva tor lar par tiyasi yana g‘alaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida bosh vazir Devid Kemeron agar konservatorlar g‘alaba
qozonsa, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko‘tarishga va ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da berdi. 2016-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan Buyuk Britaniya aholisining 50 % dan ortig‘i mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng bosh vazir Devid Kemeron iste’ foga chiqdi.

To‘g‘ri javob uchun
5 ball

Jami:

25 ball

Yüklə 64,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə