11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
@edurtm_uz


70
?
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
1
4
7
8
9
10
11
12
5
6
2
3
III bob. Go‘zal fazilatlar
@edurtm_uz


71
Tarbiya, 11-sinf
1. “Ko‘ngil bu – ko‘zgu” mavzusida esse yozing. Unda do‘stlik, muhabbat,
ishonch, andisha, sadoqat, vafo haqida hikoya qiling.
2. QR-kodda berilgan Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” kito-
bini o‘qib chiqing. Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova o‘rtasidagi samimiy 
tuyg‘ularni qanday nomlagan bo‘lardingiz?
3. 70-betda berilgan har bir rasmni nomlab, ular asosida hikoya tuzing.
4. 2-, 3- va 6-rasmlarda qanday umumiylik bor? 
5. 5-, 6- va 7-rasmlarga diqqat qiling. Ular o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
6. 7- va 9-rasm asosida fikr bildiring.
7. Bu rasmlar sizni nimadan ogohlantirmoqda?
8. 11-rasmdagi bolalarning ishiga munosabat bildiring. Ular nima uchun 
rasmni og‘izlarida chizishmoqda?
9. 8-, 10- va 12-rasmda qanday tuyg‘ular yashiringan?
10. Rasmlarni berilgan fikrlar bilan bog‘lang. 3-topshiriq ijrosi bilan solish-
tiring. Ona: – Qayda bo‘lsangiz ham, salomat bo‘ling. Oila muqaddas. Sen uchun 
dunyoda hech ikkilanmay o‘z jonidan kecha oladigan inson. Har qanday to‘siqni 
yenga olamiz. Yurak va aqlni me’yorda ushla. O‘z ustingda ishlashdan to‘xtama. 
Shoh ham, piyoda ham bir qutiga tushdi. Qalbingni aqlingga bo‘ysundir. Til jaro-
hati tig‘ jarohatidan og‘ir. Bag‘rikenglik. Kamchiliklaringni to‘ldirib bor. Qadri-
yatlardan voz kechish.
100 kun ichida shaxsiyatni o‘stirish:
Har kuni yangi narsa o‘rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar 
poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo‘yi olgan bilimlaringizni 
mustahkamlashingiz, lug‘at olib, yangi so‘zlar yodlashingiz mumkin.
Tongda keladigan fikrlarni maxsus “Tonggi sahifalar” daftari
-
ga yozib boring. Bu uyg‘onganingizdan keyin qiladigan dastlabki
ishlaringizdan biri bo‘lsin.
Har kuni bir varaq qog‘ozga hayotingizda sizni mamnun
qiladigan 5–10 ta narsani qayd etib qo‘ying. Shukronalik izhorlarini
yozing.
Asosiysi, bu mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajaring. Shunda 
ular 100 kun ichida natija beradi.
Mutolaasini xohlagan, lekin jazm qilolmagan biror-bir qiyin 
kitobingizni tanlab, to‘liq o‘qib chiqing.
@edurtm_uz


72
1. Nafosatning inson hayotidagi o‘rni nimada?
2. Qanday insonlarga nisbatan 
nafosatli
so‘zini ishlatamiz?
3. Go‘zallikni siz qanday tushunasiz?
4. Tadbirkorlar, milliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan buyumlarga 
nisbatan “Nafislik bilan ishlanibdi” degan iborani eshitganmisiz?
5. Nafosatning ma’naviyat bilan qanday aloqadorligi bor?
Nafosat (arabcha, ahamiyat, qimmatbaho narsa, boylik) – go‘zallik turi. 
Nafosat – narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi)dagi alohida 
mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi. Masalan, sportchi qiz yoki yigitning 
qaddi-qomati, turfa gullarning rangbarangligi.
Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan ishlatiladigan nafo-
sat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanini bildiradi. Haqiqiy nafo- 
satni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilish lozim. O‘zida yuksak insoniy fazilat
-
lar, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmun va tabiiy go‘zalliklarni jamlagan nafosatgina 
haqiqiy hisoblanadi. 
Insonlarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishi, ularning qanchalik nazokat-
li, nozik didli ekanidan darak beradi. Shu bois insonning aqli, tashqi ko‘rinishi, 
nutqi, umuman, ezgu fazilatlarining uyg‘unlashuvi nafosat deb ataladi.
Insonga xos bo‘lgan nafosat madaniyati uning jamiyatdagi faolligi va o‘rni, 
boshqalar bilan munosabati, moddiy va madaniy merosini o‘zlashtirishiga ham 
bog‘liq.
Insonning go‘zal bo‘lishida nafaqat yoqimli tashqi ko‘rinishga egaligi, 
balki ichki dunyosi, ma’naviy-axloqiy fazilatlari ham muhim o‘rin tutadi.
Insonda ma’naviy-axloqiy fazilatlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? Javobingizni misollar bilan asoslang.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə