11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
tarbiyam content

3
Tarbiya, 11-sinf
QADRLI O‘QUVCHI!
Hademay mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yasiz. Sizni oldinda kundalik 
turmushning oddiy sinovlari-yu “past-u baland”idan tortib umrning ajoyib va 
g‘aroyib sinalmagan so‘qmoqlari kutib turibdi. Chunki bu tiriklik kengliklarida 
yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilik, halol va harom kabi fazilat-u 
nuqsonlar kezib yuribdi. Ular yonma-yon yashaydi. Albatta, hayot mana shunisi 
bilan rang-barang, sir-sinoatlidir. 
Tasavvur qiling, hayotda ilk bor mushkul vaziyatga duch keldingiz va uni 
qanday yengishni bilmayapsiz. Unga qarshi kurashish uchun o‘zingizda kuch-
qudrat topa olmayapsiz. Xo‘sh, siz kimga yoki nimaga murojaat qilasiz? 
Shubhasiz, bunday paytlarda ota-onalar va yaqinlaringizning samimiyat va 
pokizalikka asoslangan shaxsiy ibrati, murabbiy-ustozlaringizning mehribonlik 
va talabchanlikka yo‘naltirilgan ta’lim-o‘gitlari juda ham asqatadi. O‘n bir yil
mobaynida boshqa fanlar singari “Tarbiya” darsligidan ham olgan go‘zal tarbiya, 
bilim va ko‘nikmalaringiz yordamga keladi. 
Mazkur darslikda “Erkin va farovon hayot mazmuni”, “Dadil qadamlar bilan 
katta hayot sari”, “Ibrat maskani”, “Missionerlik – yoshlar kelajagiga tahdid”, 
“Renessans poydevori”, “Halollik vaksinasi” kabi qiziqarli mavzular, fikr-musho-
 
hadaga chorlaydigan ijodiy topshiriqlar keltirilgan. Bular sizga kelgusida 
 
qoqilmasdan, huda-behuda, foydasiz ishlarga chalg‘imasdan munosib hayot
yo‘lini topishda samimiy ko‘makdosh, yaqin sirdosh vazifasini o‘taydi, 
 
deb umid qilamiz.
Hurmat bilan Siz aziz umidli yoshlarni baxt va muvaffaqiyat sirlaridan
ogoh etuvchi, nurli kelajak sari yo‘llab qoluvchi

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə