11-sinf tarbiy


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
tarbiyam content

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
1. Siz farovon turmushni qanday tasavvur qilasiz? Quyidagi rasmlar orqali 
fikringizni asoslang.
2. “Tinch va totuv hayot”, “moddiy va ma’naviy hayot”, “halol va fidoyi inson” 
tushunchalarini solishtirib, o‘xshash jihatlarini ayting.
3. Mamlakatimizda farovon turmush, yurt tinchligi, jamiyat rivoji uchun 
qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
4. Nima deb o‘ylaysiz, moddiy hayotning o‘zi bilan yashab bo‘ladimi? 
“Ma’naviy hayot” tushunchasining 
farovonlik, tinchlik
so‘zlari bilan qanday 
bog‘liqligi bor?
?
Mulohaza uchun
10
I bob. Oilaviy qadriyatlar
I bob. Oilaviy qadriyatlar
@edurtm_uz


Tarbiya, 11-sinf
Mangulikka daxldor
Mahmud Mirzayev yoshligidan ko‘chatlar-
ni payvand qilishga, yangi navlarni yaratishga, 
bog‘dorchilikka juda qiziqardi. Bu qiziqishi uni 
Toshkent qishloq xo‘jalik instituti tomon yetakla-
di. Institutni tamomlagach, bog‘dorchilik-uzum-
chilikka ixtisoslashtirilgan “Qibray” xo‘jaligida bosh 
agronom bo‘lib ish boshladi. Endi u diplomli mutaxassis. Uning zimmasida katta 
mas’uliyat bor.
Yosh agronom ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullandi. Bog‘dorchilik-uzum-
chilikka oid tadqiqotlari natijasini 300 dan ortiq ilmiy asarlariga joyladi. 
Agronomlikdan akademiklik darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli 
yo‘lni bosib o‘tdi.
Mahmud Mirzayev Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining bog‘dorchilik 
va sabzavotchilik bo‘limini uzoq yillar boshqargan. Uning rahbarligida tayanch 
ilmiy ishlar – “O‘zbekiston mevashunosligi (pomologiya)” va “O‘zbekiston 
ampelografiyasi” (uzumning turlari va navlari haqida) tayyorlandi. 2013-yili 
ilmiy tadqiqot instituti akademik Mahmud Mirzayev sharafiga nomlandi.
1. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini akademik Mahmud Mirzayevning 
hayoti misolida tushuntiring. Unda moddiylik va ma’naviylik uyg‘unlashgan-
mi? Nima uchun? Mahmud Mirzayev faoliyatining jamiyat farovonligiga qanday 
ta’siri bor?
2. Siz tanlagan yo‘l tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga qay darajada 
hissa qo‘shadi deb o‘ylaysiz?
3. 
“Mangulikka daxldor” 
matnini 
farovonlik, tinchlik, ma’naviyat
kabi 
atamalarning mohiyati bilan bog‘lab tushuntiring.
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə