11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
6
Qurbaqa
Bir o‘rmonda yong‘in bo‘libdi. Jonivorlarning bir qismi 
kuchlari yetgan narsa bilan suv tashib, o‘tni o‘chirmoqchi 
bo‘lishibdi. Ikkinchi qismi esa bundan hech narsa chiqmaydi deb, 
chetroqqa chiqib tomosha qilib turibdi. Bir qurbaqa o‘tni o‘chirish 
uchun og‘zida suv olib ketayotgan ekan. Buni ko‘rgan qarg‘a uning ustidan kulib 
debdi: “Mana shu suving bilan olovni o‘chiraman, deb o‘ylayapsan-
mi?” Qurbaqa unga shunday javob beribdi: “Bilaman, bu suv bilan 
o‘tni o‘chirib bo‘lmaydi. Lekin men bu harakatim bilan yaxshilik 
tomonida turganimni bildiraman”.
Kimning xalqqa foydasi tegib, shu tufayli halovat topsa, o‘sha – yaxshi odam.
Yusuf Xos Hojib
Mas’uliyatni zimmasiga olish insonga fayz-u kamol baxsh etib, uni ulug‘
darajaga yetkazadi.
I bob. Oilaviy qadriyatlar
@edurtm_uz


Tarbiya, 11-sinf
Oqibat
Mehribonlik uyiga bola asrab olish uchun bir oila keldi. Ularning nazari 
ota-onasi avtohalokatga uchragan 7 yoshli bolaga tushdi. Bolakay: “Men sizlar 
bilan keta olmayman”, – dedi. Undan buning sababini so‘rashdi.
“Bu yerda mening kichkina singlim bor, men – akaman, uni tashlab keta
olmayman. Ota-onamga va’da berganman”, – deb javob berdi bola. 
Bunday oqibatni ko‘rgan insonlarning ko‘zlariga yosh qalqidi va aka-singilni 
birga farzandlikka olishga qaror qilishdi.
1. Yuqoridagi rasmlarni qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
2. Rasmlarda aks etgan opa-singil, aka-uka munosabatlarida qanday qadri-
yatlar yashiringan? Fikringizni bildiring.
3. 1-rasmdagi qizchaga: “О‘zing kichkina ekansan, bo‘yningdagi yuk og‘ir
-
lik qilmayaptimi?” deb savol berdilar. Qizchaning javobi qanday bo‘lgan deb
o‘ylaysiz?
4. Rasmlarni quyidagi “Oqibat” hikoyasi bilan bog‘lashga harakat qiling. 
Ularning mas’uliyat va daxldorlik mohiyati bilan qanday bog‘liqligi bor? Rasm-
dagi bolalar kimning oldida mas’ul? Sizning oila a’zolaringiz oldida qanday 
mas’uliyatingiz bor? Oila oldidagi mas’uliyat bilan Vatan oldidagi mas’uliyatni 
bir-biri bilan bog‘lab tushuntiring.
Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehri-
bonlik, mushfiqlik onangdandir.
Mahmud Zamaxshariy
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə