11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
tarbiyam content

18
Fayzullo Yahyoyev 
– Toshkent shahri Shayxontohur tu-
manidagi 19-umumta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituv- 
chisi. MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yilning eng 
yaxshi yosh olimi – 2021" xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat-
dan kelgan nomzodlar ichida filologiya yo‘nalishida birinchi 
o‘ringa loyiq ko‘rilib, oltin medal bilan taqdirlangan.
Madina Samatboyeva 
– Toshkent davlat o‘zbek tili 
va adabiyoti universiteti talabasi. MDH davlatlaridan
200 nafardan ortiq iqtidorli talaba ishtirok etgan xalqaro 
tanlovda “Eng yosh olim – 2021” yo‘nalishida oltin medal-
ga sazovor bo‘lgan.
Farrux Fattoyev
– ilmiy izlanishlarini 
AQShda olib borayotgan fizika fanlari dok
-
tori. Hamkasblarining gravitatsion to‘lqinlar bo‘yicha qilgan 
tadqiqotlaridan foydalanib, yadroviy moddalar holati tengla-
masini aniqlashga, shuningdek, neytron yulduzining radiusi 
tenglamasining 14 km dan yuqori bo‘la olmasligini isbotlash-
ga muvaffaq bo‘lgan.
Yosh olim asli Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani-
da tug‘ilib o‘sgan. Fizika fundamental fan bo‘lgani bois fizik 
olim bo‘lib yetishishiga maktabdagi barcha fanlarga bir xilda qiziqishi sabab 
bo‘lganini ta’kidlaydi.
Yaxshi inson o‘zidan baxt, yomon inson o‘zidan tajriba, xatokor inson o‘zidan 
dars, mukammal inson o‘zidan iz qoldiradi... 
Jaloliddin Rumiy
Yuqorida nomlari keltirilgan yoshlar ham yaqindagina xuddi sizlardek mak-
tab o‘quvchilari edi. Ularning tinimsiz o‘qish va izlanishlari ilm cho‘qqilarini 
egallashlariga zamin bo‘ldi. 
1. Nima deb o‘ylaysiz, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun qaysi fanlarni mukam-
mal bilish kerak? Fikringizni asoslang.
2. Ilm-fan rivojida matematikaning o‘rni qaysi jihatlari bilan muhim deb 
o‘ylaysiz? Nima uchun?
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə