11-sinf tarbiy


? I bob. Oilaviy qadriyatlar



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
tarbiyam content

?
I bob. Oilaviy qadriyatlar
@edurtm_uz


19
Tarbiya, 11-sinf
1. Jamiyat boshqaruvida siz qanday ishtirok etishingiz mumkin?
2. O‘z irodasini ifodalash deganda nimani tushunasiz?
3. Sinfdoshlaringiz ichidan sinf sardorini qanday mezon asosida saylaysiz?
4. O‘n sakkiz yoshga to‘lgach, o‘z siyosiy irodangizni ifoda etishga kirisha- 
siz. Saylov jarayonlarida ishtirok eta boshlaysiz. Bunda nimalarga e’tibor
berishingiz kerak bo‘ladi?
Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib javob bering:
Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
o‘tkaziladi. Ayting-chi, “bitta pasport – bitta ovoz” deganda nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va 
mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
saylash huquqiga egadir.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining 
turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, 4-modda
1. 18 yoshga to‘lgan shaxs qanday huquqlaridan to‘laqonli 
foydalanadi? Bu huquqlar qanday majburiyat va burchlarni 
yuzaga keltiradi?
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan saylov-
ga oid moddalarni toping va mavzuga bog‘lab tushuntirishga harakat qiling.
3. Hech kuzatganmisiz, oila a’zolaringizdan yoshi kattalar saylov jarayoni 
yaqinlashganda oilada jamiyatning rivojlanishi, bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar 
haqida ko‘proq o‘zaro muloqot qila boshlashadi. Ular jamiyatdagi, oiladagi
qanday qadriyatlar haqida suhbatlashadilar? Nima uchun shunday?
4. Saylovoldi targ‘ibot jarayonlarini kuzatganmisiz? Bu jarayonlar jamiyat 
ravnaqi uchun qanchalik muhim?
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə