11-sinf tarbiy


I bob. Oilaviy qadriyatlar



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
tarbiyam content

I bob. Oilaviy qadriyatlar
@edurtm_uz


9
Tarbiya, 11-sinf
1. Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas’uliyatni his qilgan hol-
da odamlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan eng sara masalliqlardan
foydalanadi. Har bir masalliqni saralaydi va ekspertizadan o‘tkazadi.
2. Shifokor bemorga muolaja yozishdan oldin uni yaxshilab ko‘rikdan o‘tka-
zadi, qon va boshqa tahlillarni topshirishga buyuradi.
3. Chegarada turgan zobit diqqat bilan atrofni kuzatadi. Doim sergak turadi.
4. Samolyot Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi. Pasport nazoratida turgan 
xizmatchi har bir yo‘lovchining pasportini diqqat bilan tekshirib, erinmasdan 
kompyuter orqali nazoratdan o‘tkazadi.
5. Samolyotlarning uchishi va qo‘nishini tartibga soladigan dis- 
petcher navbatchilik paytida nigohini monitordan uzmaydi. Zarurat bo‘lganida 
uchuvchilarga yo‘l ko‘rsatadi.
6. Tasavvur qilib ko‘ring-chi, yuqoridagi kasb egalari o‘z vazifalariga nis-
batan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ysalar, oqibati nima bo‘ladi? 
7. Sharbatni texnologik ekspertizadan o‘tkazmaslik, shifokorning tahlillar 
natijasisiz muolaja yozishi, chegarachining hushyorlikni yo‘qotishi, pasport 
nazoratidagi e’tiborsizlik, dispetcherning o‘z vazifasiga sovuqqon munosabati-
ning oqibatlari sizning ham hayotingizga daxldormi?
8. Osmonda uchib ketayotgan samolyotning o‘z manziliga muvaffaqiyatli 
yetib borishida texnik xodimning daxldorlik darajasini tahlil qiling. Sizning-chi, 
bunga daxlingiz bormi? Fikringizni asoslang.
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
(7-bet 3-savoldagi qizchaning javobi: “Bu – yuk emas, mening ukam!”)
@edurtm_uz


2-MAVZU: ERKIN VA FAROVON HAYOT MAZMUNI
Inson faoliyatida ikki muhim omil – moddiy va ma’naviy olam o‘za-
ro uyg‘unlashib, qo‘sh qanotga aylangan taqdirda, inson, davlat va jamiyat 
hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi. Shu bilan birga
bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z haq-
huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina barcha sohada ijobiy nati-
jalarga erisha oladi. Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish 
bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aks holda, jamiyatda ma’naviy-axloqiy mu-
nosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə