11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Kishilar oldidagi (mahsulotlar va xizmatlarni, siyosiy partiyalar va ijtimoiy 
tashkilotlarni, yetakchilar va rahbarlarni) tanlash muammosi- 
ning keskinlashuvi hamda barcha bozorlarda raqobat o‘sishi 
natijasida imijga bo‘lgan e’tibor ortmoqda.
Imij o‘z egasi haqida axborot beradi, tez o‘zgaradi, kishilar 
ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti-harakatlariga 
ta’sir o‘tkazadi, o‘zining maqsadli auditoriyasi qanchalik ko‘p 
qirrali bo‘lsa, imij ham shu qadar ko‘p qirrali bo‘ladi.
@edurtm_uz


Har qanday jamoa o‘z imijiga ega 
bo‘lishi zarur. Jamoa imijini yaratish vazi-
fasi jamoaning har bir a’zosi zimmasiga 
yuklatiladi.
Jamoa imijini yaratish uchun rahbar-
lar o‘z xodimlari bilan tez-tez suhbatlar 
uyushtirishi, o‘quv-seminarlar tashkil qilishi kerak. 
O‘quv-seminarlarning mavzulari esa turlicha bo‘li-
shi mumkin: tashrif buyuruvchilarni kutib olish, ular 
bilan muloqotga kirishish, o‘z xodimlariga nisbatan 
munosabat, tashqi qiyofaga e’tibor va hokazo…
Jamoa imiji 
nima?
1. O‘z imijingizni yaratishda asosan nimalarga
e’tibor qaratasiz? 
2. Tashkilotning imiji nimalardan iborat bo‘lishi 
kerak?
3. Siz o‘qiyotgan ta’lim muassasasining imiji 
qanday? Uni kim shakllantiradi?
4. Berilgan rasmlarda tashkilotlarning imijiga ta’sir 
qiluvchi qaysi jihatlar aks etgan? Imijning shakllanishi 
uchun bu atributlardan tashqari yana nimalar kerak? 
Fikringizni asoslang.
Imij insonlar uchungina emas, balki tashkilotlar 
uchun ham zarurdir. Tashkilot, firma jahon bozori
-
dan o‘rin olishi, uni uzoq vaqt saqlab turishi uchun 
ham o‘z imij(brend)iga ega bo‘lishi zarur.
Siz ham kelajakda biror kasbni egallaysiz. Ish 
joyingiz xodimlar, xususan, siz shakllantirgan 
imijga ega bo‘ladi. 
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə