11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
@edurtm_uz


98
Aflotundan: “Shuncha ilmni qanday hosil qilding?” – deb so‘radilar.
U shunday javob berdi: “Ilm o‘qiyotgan paytlarimda yoqqan chiroq 
moyim xarajatini hisoblasang, yeb-ichgan narsalarimning pulidan ko‘proq 
bo‘ladi”. Demak, vaqtni ortiqcha yeb-ichish va o‘yin-kulgiga emas, ilm olishga 
sarflash zarur.
Har bir ishning ilmini bilish uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga 
asosiy omil bo‘ladi. Ilm va tafakkur insonlarga dunyo va oxiratda eng to‘g‘ri yo‘l 
ko‘rsatuvchidir. Uning sohibi esa barcha maqtovga sazovor axloqqa erishadi. 
1. Matnda “har bir ishning ilmini bilish” deganda nima nazarda tutilmoqda?
2. Matnda berilgan “Uning sohibi esa barcha maqtovga sazovor axloqqa 
erishadi” degan fikrni “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” mat
-
ni mohiyati bilan bog‘lab ko‘ring.
3. To‘xtamurod Jumayevning qat’iyligi, o‘z ishning ilmini bilishi uni oxiriga 
yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil bo‘la oldimi? Nima uchun? 
4. Siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishish uchun qanday 
harakat qilyapsiz? 
5.“Mukammal ado etish” deganda nimani tushundingiz?
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
To‘xtamurod Jumayev Buxoroning olis tumanida joylashgan oddiy bir qish-
loq maktabini o‘zining tinimsiz izlanishi, yangi ta’lim metodikasi bilan respub-
lika darajasidagi mashhur ta’lim dargohiga aylantirdi. 
Har yili maktab bitiruvchilarining 95 foizdan ortig‘i oliy o‘quv yurtlariga 
o‘qishga qabul qilinadi. 
2020-yilda bu ta’lim maskani erishayotgan kat-
ta yutuqlarni inobatga olib, Xalqaro matematika 
maktabiga aylantirildi.
Mohir pedagog To‘xtamurod Jumayev 
ta’lim-tarbiya sohasida erishgan ulkan yutuqlari 
va ibratli faoliyati uchun Prezident farmoniga 
asosan davlatimizning yuksak mukofoti – “Buyuk 
xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə