11-sinf tarbiy


? IV bob. Shaxsiy rivojlanish



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
tarbiyam content

?
IV bob. Shaxsiy rivojlanish
@edurtm_uz


27–28-MAVZU: HAVAS QIL VA OLDINGA INTIL
27–28-MAVZU: HAVAS QIL VA OLDINGA INTIL
Hasad balosi
Hasadgo‘ylik ba’zi odamlar qonida aylanib yuradigan ko‘hna xastalik. Af-
suski, asrlar davomida bu dardning davosi topilmagan. G‘aliz tashbeh uchun 
uzr-ku, hasadgo‘y quturgan itga o‘xshaydi. Farqi shuki, quturgan it duch kel-
gan odamni qopadi. Hasadgo‘y esa el tanigan, eng yaxshi odamlarni “tanlab” 
abgor qiladi. It dangal kelib qopadi. Hasadgo‘y esa zimdan ish ko‘radi. Birovni
yomonotliq qilish uchun ming bir xil harom “usul”dan foydalanadi. 
Hasadgo‘ylarni ikki toifaga bo‘lish mumkin. O‘zini birov tanimaydigan, “Fa-
lonchi bo‘lmasa, mening ishim yurishib ketardi, u emas, men mashhur bo‘lardim”, 
deb ichidan zil ketadi. Tag‘in bir toifasi bor: ko‘pchilikka tanilgan, obro‘si ham 
joyida. Biroq hech kimni yoniga yo‘latgisi kelmaydi. “Falonchi mendan o‘zib ket-
masin, mendan boshqa hech kim o‘nglanmasin”, deb ichi kuyaveradi. Hamma- 
dan shubhalanaveradi...
“...ko‘nglingni kengroq tutsang-chi, baraka topgur!” degan gap xayoliga kel-
maydi. 
O‘tkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”dan
1. O‘tkir Hoshimovning fikrlariga yana nimalarni qo‘shimcha qilgan bo‘lar 
edingiz?
2. Hasad qilgan odam kimga ko‘proq zarar keltiradi?
3. “Hasadchining bog‘i ko‘karmas” degan maqolni qanday tushunasiz? Nima 
uchun hasadchining bog‘i ko‘karmaydi? 
4. “Hasad o‘sib-o‘sib g‘arazga, g‘araz – fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday 
razolatning onasidir” degan fikrga hayotdan misol keltiring.
1. Siz kattalardan “Havas qil va oldinga intil” degan gapni eshitganmisiz? 
Bunday gaplar qanday vaziyatlarda aytiladi?
2. Kimningdir biror ishdagi yutug‘idan xabar topganingizda “Men ham shun-
day qila olaman”, “Nima uchun men qila olmasligim kerak?”, “Nima uchun men 
emas?” degan fikrlardan qaysi biri birinchi bo‘lib keladi? Buning sababini o‘ylab 
ko‘rganmisiz?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə