11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
IV bob. Shaxsiy rivojlanish
@edurtm_uz


107
Tarbiya, 11-sinf
Akmal bank akademiyasini bir amallab bitirdi. O‘qish davrida otasining hur-
mati uchun ustozlari joriy va yakuniy imtihon baholarini qo‘yib berishdi. Otasi 
tanishlariga ayttirib, Akmalni nufuzli banklardan biriga ishga joylab qo‘ydi.
Matndagi “bank akademiyasi” o‘rniga “tibbiyot akademiyasi”, “pedagogika 
universiteti”, “texnika universiteti”; “banklardan” so‘zining o‘rniga “kasalxo-
nalardan”, “ta’lim muassasalaridan”, “katta qurilishlardan” kabi so‘zlarni qo‘yib 
ko‘ring-chi.
1. Yuqoridagi vaziyatlarning oqibati qanday bo‘lishi mumkin?
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan mazkur vaziyatni
tasniflovchi moddani toping va javobgarligini belgilang.
3. Bunday mutaxassislarning faoliyatida huquqiy javobgarlikdan tashqari 
yana qanday oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
4. Ishlaringizni tezlik bilan bitirish uchun qanday yo‘l tutishni ma’qul ko‘ra-
siz? Nima uchun? Mashaqqatsiz, puxta bilim va malakaga ega bo‘lmasdan
munosib kasb tanlash mumkinmi?
Luqma
Bir fozil inson xurmo sotiladigan do‘kon oldida bolalarning o‘yinlarini tomo-
sha qilib turar edi. Xurmo sotuvchi qo‘lida bir nechta xurmo olib chiqib bolalar-
ga berdi. “Bu xurmolarni qayerdan oldingiz?” – deb so‘radi fozil kishi. Xurmo 
sotuvchi: “Hozir bir kishiga xurmo sotgan edim, uning xaltasidan tushib qolib-
di”, – deb javob berdi. Fozil inson: “U kishini taniysizmi?” – deb so‘radi. Xurmo 
sotuvchi: “Ha”, – dedi. 
Fozil kishining kayfiyati buzilgani yuzidan ko‘rinib turar edi. Xurmo sotuv
-
chi: “Nima uchun bunday savol berdingiz?” – deb so‘radi.
U javob berdi: “Xurmoning egasini topib, uni rozi qilib qo‘ying. Nima uchun 
bolalarni harom luqma bilan taomlantirasiz?” 
Xatosini tushunib yetgan xurmo sotuvchi: “Bundan buyon birovning haqqini 
o‘zlashtirmayman”, – deb qasam ichdi.
1. Ushbu hikoyaning mazmuni sizga biron hayotiy voqelikni eslatdimi?
2. Xurmo sotuvchining xatosi nimada edi?
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə