11-sinf tarbiy


25–26-MAVZU: HALOLLIK VAKSINASI



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
tarbiyam content

104
25–26-MAVZU: HALOLLIK VAKSINASI
1. “Halollik vaksinasi”ni siz qanday tushunasiz? U bilan qanday emlanish 
mumkin?
2. Siz “halollik vaksinasi” bilan emlanganmisiz? Fikringizni asoslang.
3. Quyidagi keyslarni diqqat bilan o‘qing.
1. Nima sababdan Azizbek uchun “bu kunning o‘tishi qiyin bo‘ldi?” 
2. Siz Azizbekning o‘rnida qanday yo‘l tutardingiz?
3. Azizbek biror narsani boy berdimi? Uning kayfiyati ish unumdorligiga 
qanchalik ta’sir qildi?
Kasb mas’uliyati
Zarifa mahalladagi oilaviy poliklinikada hamshira bo‘lib ishlaydi. Bugun 
unga biriktirilgan hududdagi ko‘chalarda yashovchi bolalarni navbatdagi ko‘rik-
dan o‘tkazishga chaqirishi kerak. Qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmagan oilalarning 
uylariga borishiga to‘g‘ri keldi. 
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Mulohaza uchun
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Bu kunning o‘tishi qiyin bo‘ldi
Azizbek bugun rahbaridan tanbeh eshitgani uchun qo‘li ishga bor-
madi. “Ee.., ishlasang ham shu ahvol, ishlamasang ham!” U kun davomida
kompyuterda turli o‘yinlar o‘ynab, ijtmoiy tarmoqlarda kimlar bilandir bir 
nimalarni yozishdi... Azizbek uchun bu kunning o‘tishi juda qiyin bo‘ldi. U 
dam-badam soatga qarar, soat millari xuddi bir joyda to‘xtab qolganday 
edi. Mana, nihoyat soat millari 18:00 
ga yetib, ish vaqti tugaganini bildirdi.
Azizbek ish stolini tartibga solib, 
hamkasblari bilan xayrlashdi va 
ko‘chaga qarab odimladi.
IV bob. Shaxsiy rivojlanish
@edurtm_uz


105
Tarbiya, 11-sinf
Do‘konda
“Shokoladlarning qutisida qayd etilgan yaroqlilik muddati o‘tib qolibdi. 
Bularni endi nima qilamiz?” – deb so‘radi Shahlo ish boshqaruvchidan.
Ish boshqaruvchi: “Ha, shunday bo‘libdimi? Unda hamma shokoladlarni
qadog‘idan ochib chiqinglar”, – dedi. 
Shahlo va boshqa qizlar ishdan keyin qolib, mudda-
ti o‘tgan shokoladlarning qadog‘ini ochib chiqishdi. Ish 
boshqaruvchi ularga ishdan keyin ishlaganlari uchun 
qo‘shimcha haq berdi. Ertasi kunidan boshlab, qadoq- 
dan ochilgan shokoladlar do‘konda kilogrammlab 
sotuvga qo‘yildi.
Ayrim oilalar Zarifani ovora qilganlari uchun uzr so‘rashdi. Nazira ayaning 
hovlisiga kirganida avvaliga uni iliq kutib olishdi. Tibbiy ko‘rik haqida gap bosh-
lagan edi hamki, Nazira ayaning jahli chiqib: “Nima qilish-
ni bizga o‘rgatmay qo‘yaqol. O‘zimiz bilamiz, qachon nima 
ish qilishni!” – deb Zarifani eshikka kuzatib qo‘ydi.
1. “Tibbiy ko‘rik” nima uchun kerak? Undan kim ko‘proq manfaatdor?
2. “Nima qilishni bizga o‘rgatmay qo‘yaqol. O‘zimiz bilamiz qachon nima ish 
qilishni!” Mazkur gapni 2020-yilda butun dunyo bo‘ylab keng tarqagan pan-
demiya bilan bog‘lab tushuntiring.
1. Do‘kon ish boshqaruvchisining o‘z vazifasiga mas’uliyati qay darajada 
shakllangan?
2. Ish boshqaruvchiga “halollik vaksinasi” kerak deb o‘ylaysizmi? Nima 
uchun?
3. “Halollik vaksinasi” sizning kelajagingiz uchun qanchalik muhim deb 
o‘ylaysiz?
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi 
mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz 
bo‘lsa, "halollik vaksinasi" bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak 
marralarga erisha olmaymiz.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə