11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
@edurtm_uz


106
Umuminsoniy qadriyatlarga ko‘ra, halol-harom masalasida qat’iyatli bo‘lib, 
ularni bir-biridan ajratib olish komil insonga xos belgidir. Qaysi bir odam bi-
rovning haqqidan qo‘rqsa, kasb tanlash, rizq-nasiba topishda haromdan hazar 
qilsa, demak, u halollikka intilibdi.
Ahamiyat bersak, xalqimizda halollik va nopoklik haqidagi ibratli hikmatlar 
ko‘p. Mana shunday ikki qarama-qarshi dunyoqarash asosida paydo bo‘ladigan 
og‘ir savollar odamzod ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni o‘ylan-
tirib, qiynab keladi.
Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishta-
lik. Agar e’tibor bersangiz, halol insonning dili va yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘ bo‘ladi.
Buzilgan ko‘prik uchun javob
Abdulloh ibn Umar o‘z otasiga aytgan ekan:
– Ey ota, olamdan o‘tsangiz, sizni ikkinchi yo uchinchi kechada tushimda 
ko‘rishni istayman.
Vafotidan o‘n ikki yil o‘tib ham otasi tushiga kirmabdi. O‘n ikki yildan keyin-
gina tushida otasini ko‘ribdi. O‘g‘li undan so‘rabdi:
– Ota, siz menga uch kechadan keyin tushingga kiraman, degan edingiz-ku!
Otasi javob beribdi:
– Naharvonda bir ko‘prik buzilgan va xizmatchilar uni tuzatmagan ekan-
lar. Qo‘ylar shu ko‘prikdan o‘tayotganda birining oyog‘i teshikka tushib sinibdi.
Hozirgacha shuning javobini berdim.
Nizomulmulk, “Siyosatnoma”dan
1. Hikoyadagi vaziyatni mas’uliyat, halollik va burch kabi fazilatlar bilan 
bog‘lab tahlil qiling.
2. Siz o‘z zimmangizdagi vazifalarga qanday munosabatda bo‘lasiz? Ularni o‘z
vaqtida va ko‘ngildagidek bajaraman deb o‘ylaysizmi? 
3. Kun davomida samarali sarflagan vaqtingizni hisoblang (bunga tungi 
7–8 soatli uyquni ham qo‘shing). Bir kunlik aniqlagan vaqtingizning hisobini bir 
oyga ko‘paytiring. Uni yillarga ko‘paytirib ko‘ring-chi? 
4. Ishlaringizni rejalashtirishga odatlaning.
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə