11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
?
Mulohaza uchun
Men mardikor emasman
Ko‘p qavatli uyda yashaymiz. Uy boshqaruvchimiz Hayit bayrami oldidan 
hashar e'lon qildi. Yosh-u qari ertalabdan supurgi, belkuraklari bilan chiqib tar-
tib bilan ish boshladi. Uyimizning oldidagi dam olish uchun ajratilgan joydagi 
so‘riga ko‘rpacha solinib, yoshi kattalar uchun kelinlar pishiriq, meva-chevalar 
olib chiqishdi. Kichkina bolachalarning kattalarga yordam berishga oshiqqanli-
gi, ayniqsa, hammani quvontirdi.
Hamma ish bilan band bo‘lib, 5-qavatga yangi ko‘chib kelgan 
qo‘shnining o‘g‘lini payqashmadi. U esa hech narsa ko‘rmagandek, telefonda 
gaplashib uyiga kirib keta boshladi. “O‘g‘lim, sen yig‘ilgan chiqindilarni tash-
lab kel”, – dedi unga ro‘para kelgan dadajonim. “Men mardikor emasman,
oliygohni tugatganman”, – norozi ohangda to‘ng‘illadi yigit. 
Pulini to‘lasangiz...
Mahallamizda shanba kuni hashar e’lon qilindi. Soat allamahal 
bo‘lganiga qaramasdan, qo‘shnilarning birontasi ko‘rinmasdi. Abdusattor bobo 
oilasi bilan mashinasiga o‘tirib ketayotgan Ashraf akani to‘xtatib, izza qilmoq-
chi bo‘lib: “Ashrafjon, yo‘l bo‘lsin, bu kunni hashar deb e’lon qilgan edik. Bo
-
lalaringiz ham katta bo‘lib qolishdi, hammamiz birlashib tozalab qo‘ymaymizmi 
ko‘chamizni?” – dedi. “Bironta mardikor yollab ishlatinglar, pulini berib 
qo‘yamiz”, – dedi viqor bilan Ashraf aka. 
“Chet ellarda har qanday mehnat uchun haq to‘lana-
di, bizda nuqul hashar, pulini to‘lasangiz, tozalab 
qo‘yaveramiz”, – dedi qizini maktabga olib 
ketayotgan qo‘shnining kelini.
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz


27
Tarbiya, 11-sinf
1. Hasharlar nima maqsadda tashkil etiladi? Ozodalikni saqlash uchun 
obodonlashtirish bo‘limi xodimlarining xizmatlari yetarli emasmi?
2. Hasharning insonlar birdamligi, o‘zaro hamjihatligida qanday ahamiyati 
bor? 
3. Sizning oilangiz ham hasharda ishtirok etadimi?
4. Tozalik – salomatlik garovi, deyiladi manbalarda. Uyimizning ichkari-
si toza bo‘lsa-yu, ko‘cha, mahalla, yo‘llar, suv havzalari, atrof-muhit ifloslansa, 
tozalikka rioya qilyapmiz, deyish mumkinmi?
5. Nima deb o‘ylaysiz, yuqumli kasalliklar, ekologiyaning buzilishiga 
tartibsizlik, atrofni toza tutmaslik sabab bo‘lishi mumkinmi?
6. Mahalladagi turli holatlar bilan bog‘liq senariylar tuzing. O‘zaro rollar-
ni taqsimlab, mahalla raisi, mahalla faoli, ayollar masalalari bo‘yicha masla-
hatchi, psixolog, mahalladoshlar obrazlarini yarating. Har xil vaziyatlarni 
sahnalashtiring.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə