11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
?
Mulohaza uchun
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Bilasizmi?
22
I bob. Oilaviy qadriyatlar
@edurtm_uz


23
Tarbiya, 11-sinf
daxldorlik
ma’nan
yuksaklik
mas’uliyat
sha’n
qadr-qimmat
Ota go‘dak farzandini suyganda baland ko‘taradi. Bu – mendan-da ulug‘ 
bo‘l, bolam, degani. Bu – haqiqiy g‘amxo‘rlik va farzandni barcha narsadan, 
hatto o‘z-o‘zidan aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni 
quchog‘iga olar ekan, peshonasidan o‘padi. Bu – toleying porloq bo‘lsin, degani. 
Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun har narsaga tayyorlik mu-
jassam bo‘ladi ushbu mehrda. Harbiy xizmatga kuzatayotganda ota o‘g‘lining
belidan dast ko‘taradi. Bu – Vatan xizmatiga bog‘lagan beling mustahkam bo‘lsin, 
degani. O‘qishni bitirib, o‘g‘li qo‘lidan ishini olganida ota duoga qo‘l ochadi: 
“Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, bolam...”
O‘shanda uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasav-
vur qila olmaysiz. Farzandining ulug‘ ishlarni qilganini ko‘rganida esa “ota o‘g‘il” 
deb suyadi, qiziga esa “ona qizim” deb murojaat etadi... Buning tagida shunday 
hikmat bor: “Bugun seni suysam, ertaga senga suyanaman!”
Bosma OAV materiallaridan
4. Jamiyat va davlat ravnaqida shaxsiy daxldorlikning o‘rni qanday? 
5. “Shaxs”, “oila”, “jamiyat” – bu uch tushunchani qanday rishtalar uzviy 
bog‘lab turadi? 
6. Venn diagrammasi asosida 
daxldorlik, ma’nan yuksaklik, mas’uliyat, sha’n, 
qadr-qimmat
so‘zlarining tutashgan chiziqlarini aniqlang va ularni jamiyat 
tinchligi va farovonligiga ta’sirini ayting. 
Bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvli-
giga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, 
mamlakat va millat ham shunday kuchli va tartibli bo‘ladi. 
Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosa-
batlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millat
-
ning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.
Abdurauf Fitrat

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə