11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
1. Yer yuzidagi 1600 dan ortiq millatning bor-yo‘g‘i 200 dan ortig‘i o‘z
davlatiga ega, xolos.
O‘z davlatiga ega bo‘lgan millatlarning zimmasida qanday mas’uliyat va
majburiyatlar bor?
2. Yurtimizda mavjud bo‘lgan 16 ta diniy konfessiya, 2200 dan ortiq diniy
tashkilotlar diniy bag‘rikenglik asoslariga rioya qilgan holda o‘zaro tinch-totuv-
likda yashashmoqda.
Mazkur fikrni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi bilan 
bog‘lab tushuntiring.
3. XXI asr boshlarida davlat va dinning o‘zaro munosabatlari qanday bo‘lgani-
dan kelib chiqib, jahondagi davlatlarni guruhlarga bo‘ling. Masalan: biror dinga 
davlat dini maqomi berilgan davlatlar – Qatar, Pokiston, Kosta-Rika... . Din dav-
latdan ajratilgan davlatlar – Rossiya, Fransiya, Germaniya, O‘zbekiston... .
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz


Tarbiya, 11-sinf
Аzal-azaldan o‘zaro qardosh va birodar bo‘lgan mamlakatlarimiz ko‘pgina 
mintaqaviy va global masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha yaqin 
hamkorlikda harakat qilishni boshladi. Jahon siyosatshunosligida “Markaziy 
Osiyo ruhi” degan ibora paydo bo‘ldi...
Jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkam-
lashga qaratilgan ishlarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Har 
yili Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadigan 30-iyul sanasi O‘zbe- 
kistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb e’lon qilindi. Bu yil ushbu bayram mam-
lakatimizda birinchi bor keng nishonlandi. Buni ham ichki va tashqi siyosat 
omillari birlashadigan mushtarak hodisa sifatida qabul qilish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev, “Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu obyektiv
zaruratdir”. “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 2021-yil 17-avgust
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil oldin respublikamiz hududida 70 ga 
yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926-yili mamlakatimizda 90 ta millat va 
elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1959-yili ularning soni 113 taga, 1979-yilda esa 
123 taga yetgan, 1989-yildan hozirgacha bo‘lgan vaqt mobaynida esa 130 dan 
ortgan.
1. Xavfsizlik ta’minlanmagan jamiyatda barqarorlik qay darajada bo‘ladi? 
Butun dunyodagi barqarorlikni qanday kafolatlash mumkin?
2. Xavfsizlikni ta’minlashda millatlararo totuvlikning ahamiyati nimalardan 
iborat?
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasidagi “tole- 
rantlik” so‘zi o‘zbek tiliga “bag‘rikenglik” deb tarji-
ma qilinganidan keyin, tilimizda o‘rnashib qoldi. Rus 
tilida “терпимость” so‘zi boshqachasiga aytganda 
“снисходительность”, ya’ni bag‘rikenglik, kengfe’llik 
ma’nolarini anglatadi. Diniy soha haqida gap ketganida 
rus tilida “веротерпимость” so‘zi ishlatiladi. O‘zbek tili
-
da “diniy bag‘rikenglik” iborasi aynan shunga mos keladi.
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə