11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
tarbiyam content

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
II bob. Inson ma’naviyati
@edurtm_uz


35
Tarbiya, 11-sinf
1. Insonni tabiat va jamiyat bilan bog‘lab turishda dinning tarbiyaviy ahami-
yati katta ekaniga o‘z kundalik hayotingiz bilan bog‘lab misollar keltiring.
2. Ko‘plab fazilatlarga ega bo‘lsa-da, bag‘rikeng bo‘lmasa, bunday insonni 
fazilatli, oliyjanob deb ayta olamizmi? Nima uchun?
3. Davlat va din munosabatlarining qanday modellarini bilasiz? O‘zbekiston 
Respublikasi mazkur modellarning qaysi birini qo‘llagan?
4. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida davlat va din munosa-
batlariga oid qanday fikr mustahkamlab qo‘yilgan?
5. O‘zbekiston Respublikasi davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro 
munosabatida qanday tamoyillarga amal qiladi?
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mavzu bilan bog‘liq qoidalar-
ni toping. Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, ushbu 
qoidalarni buzganlik uchun belgilangan javobgarliklar ro‘yxatini shakllantiring.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilishicha, Payg‘ambar 
alayhissalom oldilaridan o‘tayotgan g‘ayridinning janozasiga hurmat 
ko‘rsatib, o‘rinlaridan turdilar. Bundan taajjublangan odamlarga qarab, 
uning ham inson ekanligini eslatdilar. 
1. Berilgan matndagi “Uning ham inson ekanligi...” degan fikrni siz qanday 
tushundingiz? Insoniylik, odamiylik deganda nimani tushunasiz?
2. Kishidagi qaysi xislatlar uning mehr-oqibati, bag‘rikengligi, kamtarligi 
va samimiyligini ko‘rsata-
di? Siz o‘zingizda shu ezgu 
xislatlarni jo qilganmisiz? 
Buning qanday qiyinchiligi 
bor?
3. Hech e’tibor bergan-
misiz, qaysi dinga mansub 
bo‘lishidan qat’i nazar, mu-
loqot davomida insonlar 
“Yaratganga shukur”, “Xudo 
xohlasa” kabi so‘zlarni ko‘p 
aytadilar. Nega shunday? Fikringizni asoslang.
?

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə