11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
tarbiyam content

Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
@edurtm_uz


38
Diniy ksenofobiyadan tashqari etnik, milliy, irqiy ksenofobiya turlari mav-
jud. Biror xalqqa (etnosga) nisbatan hadiksirash, qo‘rquv bilan qarash va shu 
qarashlar bilan bog‘liq xatti-harakatlar etnik ksenofobiyaning bir ko‘rinishidir. 
Ommaviy axborot vositalarida “terrorizm” va “islom” so‘zlari ko‘p holatlarda 
birgalikda ishlatilmoqda, oqibatda islomdan qo‘rqish – islamofobiya tushuncha-
si yuzaga keldi.
Islamofobiya ba’zan “diniy kamsitish” (diniy diskriminatsiya) ko‘rinishida 
namoyon bo‘lishi mumkin. 
“Diniy kamsitish” kishilarning haq-huquqlarini diniy mansubligiga ko‘ra 
chegaralashdan iborat.
Islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan ekstremistik guruhlarning faoliyati
islamofobiyaning kuchayishiga olib keladi.
Bunday guruhlar islom manbalari-
ni buzib, o‘z manfaatlariga mos ravishda 
talqin etadilar. Shuningdek, ular o‘z man-
faatlari yo‘lida hech qanday muqaddas 
narsani – din-u diyonatni, millat va Vatan-
ni tan olmaydilar. Bunday guruhlarni 
islom nomi bilan bog‘lash, ular olib bo-
rayotgan xunrezliklarni “islomning shart-
lari” sifatida talqin etish mumkin emas. 
1. Islamofobiya jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka qanday ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin?
2. Diniy ksenofobiya hamda etnik, milliy, irqiy ksenofobiyaning o‘ziga xos va 
umumiy jihatlarini aniqlang.
Diniy
Etnik 
Irqiy
Milliy
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Diniy ksenofobiyaning 
ko‘rinishlari boshqa jahon 
dinlariga nisbatan ham 
ishlatiladi. Masalan, xris-
tianlik diniga nisbatan sal-
biy munosabat “xristiano-
fobiya”, yahudiylik diniga 
nisbatan salbiy munosabat
“yudofobiya” deb ataladi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə