116-mashq. Gaplarni o’qib, frazeologik birikmalarni aniqlang, ma’nolarini izohlang



Yüklə 60,44 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü60,44 Kb.
#183259
  1   2   3
Bahodir akaga


2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.)


116-mashq. Gaplarni o’qib, frazeologik birikmalarni aniqlang, ma’nolarini izohlang.


1. Abdurahim Toshmatovich tanqiddan xafa bo’lgan ekanlar shekilli, trestdan kelganlar bilan ham xayr-ma’zurni nasiya qilib, quyon bo’ldilar. (E.Nosirov) 2. Bosmachilik harakatidan ko’z-quloq bo’lib turmoq uchun Keyli Farg’onada qoldi. (S. Kalmikov.) 3. Ish men kutgandek yakunlanmadi. Tarvuzim qo’limdan tushib ketdi. (N.Yoqubov) 4. Qo’rquvdan yuragini hovuchlab yana anchagacha kiprik qoqmay yotdi. (SH. Siddiqiy.) 5. Ularni ko’rib Afshin hang-mang bo’ldi-yu, tiliga muhr bosildi. (J. Zaydon.) 6. – Bu yog’i haqida ertalab bosh qotiramiz. (SHuhrat) 7. «Hozircha ishlab turadi, — dedi Yo’ldosh aka, — durustroq bilimdon kishi topilgach, pattasi qo’liga tegadi». (K. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 8. Kabinetni ko’rib, Saidaning og’zi ochilib qoldi. (A. Q.) 9. Oyog’ingni qo’lingga olib g’izilla. (R. Zahir.) 10. Birovning dilini siyoh qilmay yuradigan kun ham kelarmikin? (N. Biryukov.) 11. – Voy, gapga tushib ketib vaqtni tuya qilibmiz-ku! (SHuhrat) 12. Oyog’idagi tuflisining ohori to’kilibroq qolgan, demak, bitta tufli ham xarid qilish lozim. (F. Musajonov.)


117-mashq. Frazeologik iboralarni topib, turlarga ajrating; har bir turga oid ikkitadan gapni ko’chirib, ma’nolarini izohlang.


1. Arava bo’lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. (O.) 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S. Abd.) 3. ...Ishqilib baraka topsin shu doktorlar, boshing yostiqqa yetganda joningga ora kirishadi. (H. N.) 4. Yo’qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. (As. M.) 5. ...Qizlar har zamon ishdan bosh ko’tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahm.) 6. Qorasochning dili siyoh bo’lib, birdan xo’rligi keldi. (S. Azimov.) 7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz! (S. Nazar.) 8. Kavushini to’g’rilab qo’yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (As. M.) 9. Hoji xola ko’zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. ... (M. I.) 10. ...Uning ko’zlari qinidan chiqayozdi. (O.) 11. — Murodovaga ma’qul. Ammo Zunnunov ikki oyog’ini tirab turibdi. (I. R.) 12. Qodir kirganda, u kitobga mukka tushgan edi. (SHuhrat)



Yüklə 60,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə