12 – mavzu: Java Me konfiguratsiya va profillarini sozlash



Yüklə 21,91 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü21,91 Kb.
#115847
12 – mavzu Java Me konfiguratsiya va profillarini sozlash


12 – mavzu: Java Me konfiguratsiya va profillarini sozlash

Reja:


  1. Java tarixi

  2. Javaning afzalliklari

  3. Java texnologiyalari va ulardan foydalanish

Java dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni operatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.


Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP — Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod Java Virtual Mashinasi JVM tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.
Java afzalliklari:

  • WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi;

  • havfsizlik (ishonch yoʻq kodni havfsiz ishga tushirish);

  • hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yigʻadi);

  • tarmoq uchun dasturlar yozish ;

  • koʻp oqimli (Multi-thread) dasturlash;

  • dinamik & kengaytirish;

  • Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak boʻlsa ishlatiladi. Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa.

Java texnologiyalari
Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
JVM (Java Virtual mashinasi) JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. JVM ni ko’pgina qurilmalar va dasturiy ta’minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsiyon tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfugratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog’liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari
• Loads code(kod yuklanishi)
• Verifies code(kod tekshirilishi)
• Executes code(kod bajarilishi)
• Provides runtime environment(dasturni bajarilish muhitini ta’minlash)
JRE (Java bajarilish muhiti)
JRE – Java Runtime Environment
JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.
JDK(Java Development Kid) - JDK tarkibida JRE va boshqa qo'shimcha dasturlash uskunalari bo'ladi.
Java texnologyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi.U bilan xatto eng kichik qurilmalarga xam dasturlar yozish mumkin.Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl compilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o'giradi.
Java texnologiyalari:
Java SE - Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi.Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris).Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
Java EE - Java Enterprise Edition, Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko'p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo'llaniladi.Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o'z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko'pgina boshqa qo'shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o'z ichiga oladi ya'ni:Servlet,JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko'pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar.
Java ME - Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning ba'zi qismlarini o'z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o'yinlar, dasturlar yaratish mumkin.
Xulosa qilib aytganda Java ni o'rganish darajasi bo'yicha 3 ga bo'lishimiz mumkin:
Java yadrosi(Core Java)
Rivojlangan Java(Advanced Java)
Java Enterprise Edition
Bundan kelib chiqib,Core Java va Advanced Java bu JavaSE ga tegishli bo'lgan bilimlar deydigan bo'lsak ,bu ikkovini o'rganmay JavaEE ga o'tish to'gri kelmaydi.Shuning uchun dastlab Core Java ni o'rganish kerak.

Nazorat uchun savollar:


1.Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi qaysi?
2.Java Me yordamida nimalar yaratish mumkin?
3.Java Se haqida qisqacha malumot bering.
Yüklə 21,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə