12-ma’ruza: Ma’lumotlardan bevosita erkin foydalanadigan izlash usuli. Ko‘p aspektli izlashning o‘ziga xos xususiyatlari


Ma’ruzachi: Abdullayev A.N. 09.10.23 yil



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə3/5
tarix09.10.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#126375
1   2   3   4   5
12-mavzu Ma’lumotlardan bevosita erkin foydalanadigan izlash usuli. Ko‘p aspektli izlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ma’ruzachi: Abdullayev A.N. 09.10.23 yil
  • Bunday izlash ko‘p vaqt olishini maxsus isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q, chunki tadrijiy izlash eng uzoq davom etadigan jarayon ekanligi oldindan ma’lum. Bundan tashqari, izlash jarayonida oraliq ma’lumotlar massivlarini tuzish zarur bo‘ladi, buning uchun esa qo‘shimcha xotira talab etiladi.
  • Ko‘p aspektli izlash usullarining katta sinfi invers massivlardan foydalanish prinsipiga asoslangan. TXQ da saqlanayotgan ma’lumotlar uchun bu xolda «invertlangan fayllar» atamasidan foydalaniladi.
  • Asosiy va invers massivlar o‘rtasidagi farq quyidagilardan iborat. Asosiy massivning har bir yozuvi muayyan ob’ektga mos keladi va bu ob’ektni tavsiflovchi belgilar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Invers massivning har bir yozuvi muayyan belgiga mos bo‘ladi va bu belgi bilan tavsiflanadigan ob’ektlar ro‘yxatiga ega bo‘ladi. Masalan, telefon ma’lumotnomasini shunday inverslash mumkinki, bunda undagi har bir yozuv ko‘chalar va shu ko‘chada istiqomat kiluvchi ATS abonentlarining ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Bu xolda izlash ishlari abonentning manzili bo‘yicha olib boriladi.
  • Ma’ruzachi: Abdullayev A.N. 09.10.23 yil
  • Invers massivlar soni odatda izlash nechta belgi bilan olib borilayotgan bo‘lsa, shu belgilar soniga teng bo‘ladi. Massivlar tegishli belgining qiymati bo‘yicha tartibga solingan bo‘lishi mumkin va unda tezkor izlash mumkin bo‘ladi.
  • Axborot izlash natijasida har bir invers massiv bo‘yicha ko‘plab ob’ektlar aniqlanadi. Undagi ob’ektlar bitta belgining muayyan qiymati bo‘yicha tavsiflanadi. Kesishish operatsiyasi so‘rovda sanab o‘tilgan barcha belgilarning muayyan qiymatlarini tavsiflovchi ob’ektlarni ajratib oladi.
  • Misol
  • Aytaylik, tizimda detallarning rangi va og‘irligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saklanadi. Ma’lum rangga (RANG = R3) va ogirlikka (OGIRLIK=O3) ega bo‘lgan barcha detallarni topish talab etiladi. Izlash argumenti ikkita aytilgan belgidan iborat; demak, izlash uchun ikkita invers massiv yaratish zarur. Bevosita va invers massivlar fragmenti 12.1-jadvalda keltirilgan.
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə