12-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja



Yüklə 356,59 Kb.
səhifə12/27
tarix17.04.2023
ölçüsü356,59 Kb.
#106036
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
6-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

Loyihani ishlab chiqishloyiha maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan boshlang‘ich jarayon bo‘lib, u dastlabki hisob-kitoblarni bajarish, qulay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa - loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya ajratish maqsadida har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat xususiyatiga ega bo‘lsa, texnik-iqtisodiy asosnomaga qo‘shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim.
Loyihani amalga oshirishuni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, loyihani muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, loyihani oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishishdir.
Amaliyotda investitsiya jarayoni uch asosiy fazaga bo‘linadi. Bundainvestitsiya jarayonining butun davri loyihaninghayotiy muddati yoki hayotiy jarayoni deb ataladi.
Investitsiya loyihasi jarayoni fazalarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi rasmga murojaat qilamiz (12.6-rasm).
Keltirilgan rasmning quyi qismida loyihani amalga oshirish jarayonida sarflanadigan investitsiya zaxiralari hajmi, yuqori qismida esa loyihaga kapital sarflashdan olingan daromad (foyda)ning o‘zgarishi tasvirlangan.
Investitsiya jarayonining dastlabki fazasida loyihani iqtisodiy va texnik jihatdan asoslash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi ya’ni loyiha iqtisodiy, texnik va texnologik jihatdan qayta ishlanadi. Bu faza loyihani boshlang‘ich hujjatlarini ishlab chiqish bilan yakunlanadi.


12.6-rasm.Investitsiya xarajatlari va ularni investitsiyaloyihasining turli bosqichlarida keltirgan daromadining o‘zgarishi
Investitsiya oldi (dastlabki) fazasi investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mazkur faza investitsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki izlanishlardan boshlab uni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilingungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 356,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə