12-mavzu. Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja



Yüklə 21,8 Kb.
səhifə1/5
tarix31.05.2023
ölçüsü21,8 Kb.
#114619
  1   2   3   4   5
12- мавзу


12-mavzu. Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.


Reja:
1. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
2. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar.

2017-2021-yillarga moʻljallangan strategiyadan koʻzlangan maqsad – olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga koʻtarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʻyicha eng muhim ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishdan iborat.


Xujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida konyunktura oʻzgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.


I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari.
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va sud-huquq isloxotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish.

Yüklə 21,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə