12-mavzu. Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja


III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishari



Yüklə 21,8 Kb.
səhifə3/5
tarix31.05.2023
ölçüsü21,8 Kb.
#114619
1   2   3   4   5
12- мавзу

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishari.
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish:
qabul qilingan oʻrta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash; harajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligini saqlangan holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; ilgʻor xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini taʼminlash; erkin konvertatsiyani taʼminlovchi valyutaga oid munosabatlarni tarktibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yoʻlini davom etish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va ragʻbatlantirishning tegishli choralarini kengaytirish; bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; yangi turlardagi sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobiga ularning xajmini kengaytirish va sifatini oshirish, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yoʻli bilan, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish;
3.2. Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar koʻrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish; sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar koʻrsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni oʻzlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash; ishlab chiqarish mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom etish hamda eng avvalo isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish; xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksportning tuzilmasi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yoʻl-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish;
3.3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, boʻshab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish; qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; fermer xoʻjaliklar, enga avvalo qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni koʻrsatish infratuzilmasini yanada keygatirish; sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorativ va irrigatsiya obyektlarning tarmogʻini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonoviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish; global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni koʻrish;
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom etish:
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, barcha turdagi toʻsqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yoʻlida toʻliq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va kuchli boʻladi” degan prinsipni amalgi oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qatʼiy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlarning bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarni joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanish tartib-taomillar mexanizmalarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini detsentralizatsiya qilish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlar va oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini oshirish;
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: sotsial-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash; hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini oʻstirish yoʻli bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish; yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xoʻjalik birlashmalarning mablagʻlarini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; subvension tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish; sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarni joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda axolining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
3.6. Turizm sohasini rivojlantirish: turizm tarmogʻini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish; turizm sohasida viza, litsenziya berish va ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish; xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; yangi turizm yoʻnalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish.

Yüklə 21,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə