124 embrional rivojlanish bosqichlari va ularning davrlari aliyeva Durdonaxon Shukurullo qizi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix05.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#104211
embrional-rivojlanish-bosqichlari-va-ularning-davrlari



124
EMBRIONAL RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ULARNING DAVRLARI 
Aliyeva Durdonaxon Shukurullo qizi 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti bilogiya fakulteti biologiya 
yo`nalishi talabasi 
Annotatsiya
- Ushbu maqola orqali yuksak mavjudot ya`ni odamning embrional 
bosqichlari va rivojlanish jarayonida qisqacha to`htalib o`tamiz bu tirik organizimning 
dastlabki bosqichlari va atavizm hodisalarida ro`y beradigan jarayonlar orqali barcha tirik
organizimlarning kelib chiqishini anglash mumkin. 
Annotation
- through this article, we will briefly dwell on the embryonic stages and 
development process of a high being, that is, a person, the first stages of this living organism 
and the processes that occur in the events of atavism, it is possible to understand the origin 
of all living organisms. 
Аннотация
- посредством данной статьи мы кратко остановимся на зародышевых 
стадиях и процессе развития высшего существа, то есть человека, первых стадиях 
этого живого организма и процессах, происходящих в явлениях атавизма, можно 
понять происхождение всех живых организмов. 
Kalit so`zlar
- ontogenez, filogenezi, yadro parda, xromosomalar, vorsinkalar, gemofiliya, 
menstruatsiya, ejakulyatsiya. 
Tirik mavjudotlarning o ‘zlariga o ‘xshash nasllarni bunyod etish xususiyati irsiyat deyiladi. 
Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar, 
ya’ni oliy nerv faoliyatlari) nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu 
ko'rsatkichlar ham o'zgarib, nasi o ‘zining qator xususiyatlarini o ‘zgartirishi mumkin.
Irsiyat organizmning filogenezi (tarixiy rivojlanishi)da tashqi va ichki muhit ta’siriga qarab 
shakllanadi va belgi, xususiyatlarni nasllarga o ‘tkazadi. Irsiy belgilarning nasldan naslga o 
‘tish qonun-qoidalarini xromosoma nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan, 
hujayralarning bo‘linishida yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda, 
bo'yalmaydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to‘r orasida joylashgan 
bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va yadrochalardan iborat. 
Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to'r asta-
sekin qalinlashib ayrim
bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'mida ikkita tuzilma (sentriol) 
paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga) ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi 
erib, axromatik modda hujayra protoplazmasi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar 
ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga 
boiinib, juft-juft bo'lib joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar 


125
qisqarib, bir-biridan ajralgan xromosomalaming yarim bo'lakchalarini qutblar tomon 
tortadi. Qutblarda xromosomalar qisqarib, ip koptogini hosil qilib, shakllanayotgan yangi 
yadro xromatiniga aylanadi. Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik 
alomatlar (qo'l yoki oyoq barmoqlarining bir-biriga yopishishi, barmoqlarning kalta
bo'lishi, eshituv nervining tug'ma atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant tip deyiladi. Ana 
shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar 
paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan 
ma’qul. tug'ilishi ehtimoli bor. Ba’zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi 
(gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni sabab bo'ladi. U nasldan-
naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi 
ayoldan tug'ilgan o'g'il bolalarning qariyb 50% ida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. 
Bunday kasallik qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan geni bo'lgan ayol 
(qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashga layoqatsiz bo'ladi. Ba’zan 
qizil va yashil ranglarni farq qila olmaydigan (daltonizm) bola tug'iladi. Bu nuqson nasldan-
naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, tug'ma kar-soqov va ruhiy kasal bolalar ham 
tug'iladi. Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida paydo 
bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, urug' hujayrasiga 
qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi
natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xromosomalar to'plamini 
tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lmasligi (O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO 


126
va XXX hollarda organizm rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar 
kompleksining buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga ham 
bog'liq. Ona qornida mnrtakning rivojlanishi. Bu davrda murtak hujayralari hisobidan 
murtak pardasi hosil boMadi. Murtak parda sirtida qon tomirlari bilan ta’minlangan 
vorsinkalar paydo bo'ladi (rasm). Vorsinkalar orqali murtak ona organizmidan kislorod va 
oziq moddalar olib turadi. Tez orada vorsinka pardasi ichida yana bitta yupqa parda hosil 
qiladi. Bu parda o‘sib pufakka aylanadi. Murtak ana shu pufak ichidagi suyuqlikda suzib 
yuradi. Pufak murtakni shikastlanishdan himoya qiladi.Yo‘ldoshning hosil bo‘lishi. 
Murtakning rivojlanishi davrida qon tomiriga ega bo'lgan vorsinkalar murtak pardasining 
faqat bachadon devoriga qaragan tomonida saqlanib qoladi. Ana shu vorsinkalar o‘sib, 
bachadonning qon tomirlarga boy bo'lgan shilimshiq pardasiga chuqurroq botib kiradi. 
Yo'ldosh murtak parda vorsinkalari va bachadon devori shilliq pardasining birga yopishib 
o'sishidan hosil bo'ladi. Yo’ldoshning hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning 
homila davri boshlanadi (rasm). Yo'ldoshdagi kapillarlar orqali ona organizmi bilan homila 
o’rtasida gaz va oziq moddalar almashinib turadi. Homilaning rivojlanishi. Homila 
bachadonda tez rivojlanib, bir oylikda uning boshi tanasining uchdan bir qismini tashkil 
etadi; ko‘zlari shakllana boshlaydi. Bir oylik homilaning barmoqlari bo'ladi. 2 oylik homila 
3 cm ga yetadi, uning ko‘rinishi odamga o‘xshaydi. 3 oylik homilaning deyarli barcha 
organlari rivojlangan bo‘ladi.
4—5 oylik homilaning yuragi ura boshlaydi. Bu davrdan boshlab homilaning o‘sishi
tezlashadi. Homilaning og‘irligi 5 oylik davrida 500 g, tug‘ilishidan oldin 3 3,5 kg
ga yetadi. Bolaning tug‘ilishi. Tug1 ish gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormon bilan
bog'liq Gormon ta’sirida bachadon devori kuchli qisqarib, to‘lg‘oq boshlanadi.
Muskullar qisqarishi tufayli homila bachadondan jinsiy qin tomonga suriladi.
Tug‘ilgan chaqaloqning yig‘isi uning o'pka
bilan nafas ola boshlaganligini bildiradi.
Doya - akusher chaqaloqning kindigini kesib, yoidoshdan 
ajratadi va kesilgan kindik uchini
bogiab qo‘yadi. Homiladorlik - bo‘lg‘usi farzandning 
bachadonda rivojlanish davri
bo’lib, 270-280 kun davom etadi. Menstruatsiya siklining 
to‘xtashi, uyqu bosishi,
ko‘ngil ay nab turishi, sut bezlarining yiriklashuvi 
homiladorlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Homilador 
ayol shifokor nazorati ostida boladi, 


127
Ejakulyatsiya natijasida tuxumga kimyoviy ta'sir ko'rsatadigan 300 millionga yaqin 
sperma hosil bo'ladi. Ayol kanaliga kirgandan so'ng, erkaklar jinsiy hujayralari qondagi 
kimyoviy modifikatsiyaga uchraydi va plazma membranasidagi lipidlar va glikoproteinlar 
konstitutsiyasini o'zgartiradi. 
Har bir tirik organizm nasl qoldirish hususiyatiga ega bu 2 xil yo`l bilan amalga oshadi 
jinsiy va jinssiz yo`llar bilan amalga oshadi insonlar esa jinsiy yo`l bilan ko`payadi 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Gilbert S.F. (2000) Rivojlanish biologiyasi. 6-nashr. Sanderlend (MA): Sinauer 
Associates.
2.
Qiyosiy embriologiya. Mavjud: 
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK9974
 
Gilbert, S. F. (2005). 
3.
Rivojlanish biologiyasi. Panamerican Medical Ed. Gomes de Ferraris, M. E. & 
Campos Muñoz, A. (2009).
4.
Og'iz gistologiyasi, embriologiyasi va to'qima muhandisligi. Panamerican Medical 
Ed. 
5.
Gratacós, E. (2007). Xomilalik tibbiyot. Panamerican Medical Ed. 
6.
Rohen, J. W., va Lutjen-Drecoll, E. (2007). Funktsional embriologiya: rivojlanish 
biologiyasining istiqboli.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə