13-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 462 Kb.
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü462 Kb.
#109452
  1   2   3
13 amaliy mashg\'ulot


13-Amaliy mashg’ulot.
Sitoskelet. Sentriola va kiprikchalarning tuzilishi


Ishdan maqsad: Sitoskelet. Sentriola va kiprikchalarning tuzilishini o’rganish
Kerakli jihozlar: kompyuter texnologiyasi, proektor, plakatlar va slaydlar
Ishning mazmuni:
Sitoplazma: tayanch-xarakat sistema (Sitoskelet). Hujayraning tayanch-harakat sistemasi birinchi navbatda, hujayraning ichki strukturalarida amalga oshadigan harakatlarga bog’liq, ya’ni mitoz davrida xromosomalarning qutblarga tarqalishi, vakulyar sistemada moddalarning aralashishi va hujayraning tashqi harakatlanishi muhimdir.
Hujayralar funksional xususiyatiga binoan, tayanch-harakat sistemasi shakllanadi. O’simlik va hayvon hujayralarida sitoplazmaning shakli o’zgarishi bilan amyobasimon yoki emaklovchi harakat kuzatiladi. Ba’zi hujayralarda ayniqsa erkin yashovchi bir hujayralilarda ko’p hujayralilarning ixtisoslashgan hujayralaridagi maxsus harakat organellalari shakllanadi, ya’ni kiprik va xivchinlar. Asosan ko’p hujayrali hayvonlarda muskul hujayralari maxsus strukturalarni shakllantirib, mazkur organizmni yoki ma’lum bir qismlarining muskulli harakatini ta’minlaydi.
Shunday qilib hujayralarning amyobasimon, emaklovchi, kiprikli, xivchinli va muskulli harakatlari tafovut qilinadi.
Har qanday harakat shakllanmasi, u albatta hujayraning tayanch strukturalari bilan bog’liq holda yagona tizimni, ya’ni tayanch-harakat sistemasini tashkil qiladi.
Sitoskelet komponentlari maxsus oqsil komponentlaridan yoki filament (ingichka ipsimon tola) lardan tashkil topadi.
Filomentlar kimyoviy tarkibi, ultrastrukturasi va funksional xususiyatiga muvofiq uch xil bo’ladi.
Eng kichik, ingichka tolalar – bu mikrofilomentlar; Ularning diametri 6 nm ga yaqin va ular asosan aktin oqsilidan tashkil topadi.
Ipsimon tolali strukturalarning ikkinchi guruhiga mikronaychalar kiradi, ularning diametri 25 nm atrofida, asosan tubulin oqsilidan tashkil topgan bo’ladi.
Uchinchi guruh oraliq filamentlar, ularning diametri 10 nm va har xil oqsillardan tashkil topadi.
Ushbu fibrillyar strukturalar hujayraning fizik xususiyatini ta’minlovchi komponentlarning shakllanishida ishtirok etadi. Sitoskelet elementlari bevosita barcha eukariot hujayralarda, ushbu fibrillyar strukturalarning analogi sifatida prokariot hujayralarda ham uchraydi. Albatta har xil hujayralarda har xil holatda shakllanadi. Masalan, teri epidermis hujayralari oraliq filamentlarga boy bo’ladi. Muskul hujayralarida aktinli mikrofilamentlar. Nerv hujayralarining melanositlari va pigmentli hujayralarda mikronaychalar ko’p uchraydi.
Sentriola bu oqsillar ushlab turuvchi mikronaychalarning toʻqqizta uchtalik silindr shaklidir. Sentriolalar hayvon hujayralarida mikronaychalarni tashkil etuvchi markazlar vazifasini oʻtaydigan sentrosomalar sifatida koʻproq maʼlum. Sentrosoma bir-biriga toʻgʻri burchak ostida joylashgan ikkita sentrioladan iborat boʻlib, mikronaychalar uchun birikish joyi bilan taʼminlovchi “perisentriolyar modda” bilan qoplangan.


Yüklə 462 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə