13-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 462 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü462 Kb.
#109452
1   2   3
13 amaliy mashg\'ulot

Mikronaychalar. Elektron mikroskop yordamida 1963 yilda hayvon va o’simliklar hujayrasi sitoplazmasining tashqi qatlamidan naysimon organoidlar topilgan bo’lib, ularga mikronaychalar deb nom berildi. Mikronaychalarning diametri 250 A0, uzunligi bir necha mk keladi, devorining qalinligi esa 50-80 A0. O’z navbatida har bir mikronaycha 13 ta tayoqchasimon mayda parallel ipchalar-protofilamentlardan iborat.
Mikronaychalar-sentriola, bazal tanacha, xivchinlar va kipriklarning asosiy struktur birligi bo’lib hisoblanadi.
Turli hujayralardan olingan mikronaychalarning kimyoviy tarkibi bir xil, ya’ni o’zi uchun xos bo’lgan tubilin oqsilidan tashkil topgan.
Mikronaychalar to’g’ri shoxlanmagan ichi bo’sh silindr ko’rinishida bo’lib, ko’pgina harakatli hujayralarning kiprik va xivchinlari tarkibida bo’ladi. Ular o’z navbatida kiprik va xivchinlarning xarakatchanligini ta’minlaydi. Mikronaychalardan to’lqinsimon holda moddalarning siljishi natijasida xivchin yoki kiprikning to’lqinli harakati yuzaga keladi. Masalan, spermatozoidlarning harakatlanishi.
Mikronaychalar mikrofibrillalar bilan hamkorlikda hujayrada tayanch-sitoskelet vazifasini ham ta’minlaydi, ya’ni hujayraga shakl berib turadi. Shu bilan birgalikda sitoplazmada moddalarning siljishi, o’tkazuvchanligi ham ta’minlaydi. O’simlik hujayrasidagi pitoplazma harakati mikronaychalarga bog’liqligini L. Porter aniqlagan.
Mikronaychalar mitoz davrida bo’linish urchig’ini hosil qilishda ham ishtirok etadi.
Xivchinlar. Ba’zi bir hujayralilar (xivchinlilar sinfi) vakilaridan bitta yoki bir nechta xivchinlar bo’ladi. Ayrim umurtqasiz hayvonlardan ignatanlilar, elka oyoqlilar va bosh skeletsizlarning ovqat hazm qilish sistemasi epiteliysini tashkil etuvchi hujayralarning apikal yuzasida bittadan o’simtasi bo’lib, bu epiteliy xivchin deb yuritiladi. Yuqori tabaqalangan umurtqali hayvonlarning spermatoizodining harakat organi ham xivchinlarga kiradi. Xivchinlarning o’ziga xos vazifasiga qaramasdan, morfologik tuzilishi kiprikchalarga o’xshaydi. Epiteliy kiprikchalari hamda xivchinlarning ko’ndalang kesimi elektron mikroskopda ancha yaxshi o’rganilgan. Natijada ular tarkibida adenozintrifosfataza fermenti ko’p bo’lishi aniqlangan, Ma’lumki, bu ferment umurtqali hayvonlarning muskul tolalarida ko’p uchraydi va ularning qisqarishini ta’minlaydi. Albatta, spermatozoid hujayralarning harakati faqat adenozintrifosfataza fermentiga bog’liq bo’lmasdan, balki boshqa kompleks moddalar ta’siriga ham bog’liq. Masalan, sperma suyuqligi takibidagi moddalar shunday ta’sir ko’rsatadi. Xivchinlar qaysi hayvonda, qayerida bo’lmasin ular kiprikchalar bilan bir xil tuzilgan bo’ladi.

Yüklə 462 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə