13-Ma’ruza Mavzu. Smart texnologiyalar Reja


Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo’yiladigan savollar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/4
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114610
1   2   3   4
13-ma\'ruza

Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo’yiladigan savollar

Maqsadlarni qo’yishning Smart – texnologiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
S – specific — aniq: har bir maqsad uchun, uning aniq ifodasi shunday tavsiflanishi
kerakki, u hammaga aniq va tushunarli tarqalsin, ya’ni ovoza bo’lsin, aks holda qo’yilgan maqsad yetarlicha xohish darajasiga chiqmaydi.
M – measurable — o’lchovli: Maqsad shunday ifodalanishi lozimki, unga erishish darajasini o’lchash mumkin bo’lsin. Aks holda maqsadni nazardan chiqarishimiz mumkin.
A - Achievable – erishiladigan: doim belgilangan maqsadga erishish imkoniyati bo’lishi lozim. Asosiy tamoyil: “e’tiroz bilan, lekin erishiluvchan” kabi bo’lsin.
R – relevant, resours – muvofiq, resurs (natijaga yo’naltirilgan): maqsad ifodasi ijobiy o’zgarishlarga erishish uchun boshlang’ich nuqtaga ega bo’lishi lozim. Maqsad ifodasiga, uni bajarishga yetarlicha xohish (istak) bo’lmagan xodimlarni kiritish maqsadga muvofiq emas.
T – time bound – vaqt bo’yicha chegaralar: har bir maqsad shunday aniq vaqtinchalik chegaralarga ega bo’lishi kerakki, belgilangan muddatlarni o’lchash mumkin bo’lsin.
Smart maqsad qo’yishga doir misollar keltiramiz.
1– misol. Ta’lim muassasasining Smart-maqsadi.
2 – misol. Tilni o’rganishga doir Smart – maqsad.
Faraz qilaylik, kimdir kelajakda tarjimon bo’lib ishlashi uchun ingliz tilini
o’rganishga xohish bildirdi. Maqsalni quyidagicha qo’yish mumkin:
S – Odam o’zining maqsadini - tilni o’rganishni aniq ifodalaydi. U bir o’zi ishlashi,
bu jarayon qanday qiyinchiliklar bilan bog’liqligini va nimadan ishni boshlash kerakligini, bu malaka yaxshi ishga joylashishga imkoniyat berishini ham biladi.
M – Tilni bilishini qanday o’lchash kerak? Bunday holda o’lchov sertifikat mavjudligi bo’lishi mumkin. Shunday sertifikatni xalqaro imtihonlarni topshirib olishi mumkin.
A – Bunday maqsadga erishish mumkinmi? Ha. Odamda ko’plab bo’sh vaqtida internetga kirish, kurslarda o’qish va mos mablag’ topish imkoniyatlari mavjud.
R – Ushbu masalani hal etishdan foyda bormi? Ha. Chet tilini egallaganlik malakasidan foyda chiqarish mumkin.
T – Mashg’ulotlarni qo’yib yubormasligi uchun odam aniq vaqt chegaralarini qo’yishi mumkin, masalan bir yil. Chet tilidan zarur malakalarga ega bo’lish uchun shu vaqt yetarli.
2-jadval

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə