13-Ma’ruza Mavzu. Smart texnologiyalar Reja


-rasm. SMARTni so’zini tashkil etuvchi harflar va ularning ma’nolari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/4
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114610
1   2   3   4
13-ma\'ruza

3-rasm. SMARTni so’zini tashkil etuvchi harflar va ularning ma’nolari.
S – specific — aniq. Maqsad masimal aniq bo’lishi va Siz hamda atrofdagilar tomonidan bir xil tushunilishi lozim. SMART texnologiyasi bo’yicha u: Bevosita nima qilinishi kerak? Qachon? Qanday miqdoriy ko’rsatgichlarda? kabi savollarga javob berishni ko’zda tutadi.
M – measurable — o’lchovli. Siz va maqsadga erishishni topshirgan kishilar, maqsad erishilganligi aniq bo’ladigan mezonlarni tushunishlari kerak. SMART texnologiyasi shaxsni, u erishiladigan natijalarda o’zining foydasini ko’radigan darajada motivasiya qiladi.
A — achievable, ambitious, agresive, attractive — erishiladigan, ehtirosli, tajovuzkor, jozibador.
Achievable – erishiladigan. Texnologiyaning bunday mezoni ko’proq yollangan (taklif etilgan, jalb etilgan mutaxassis) xodimlarga to’g’ri keladi. Mutaxassislarga maqsadni uzatadi, lekin ularning xarakatlari egallagan lavozimlari doirasida chegaralangan.
Ambitious — extirosli. SMART texnologiyaning ushbu talqin qilinishi tashkilotning TOP-menejer (ish egasi, yaratuvchisi va mafkuraviy rahbar yoki yollangan menejeri – yollangan malakali boshqaruvchi)lari uchundir. Ular avvalgidek egasining ixtiyori bilan chegaralangan bo’lsalarda, lekin endi loyiha doirasida fikrlaydilar. Shuning uchun, ularning maqsadlari katta murakkablikka egadir, lekin har qalay bu maqsad texnologiya doirasida erishiladigandir.
Aggressive – tajovuzkor. SMART texnologiyasi bo’yicha maqsadga erishilganlikni baholash mezoni tadbirkorlar uchundir. Maqsad, atrofdigilarning fikri bo’yicha sog’lom ma’no doirasidan chiqib ketganda, egasi natijaga erishish uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi.
Attractive – jozibador. Yakuniy natija nafaqat egasiga, balki maqsadlarga erishish uchun topshirilgan barcha shaxs(mutaxassis va xodim)larga ham erishish istiqbollarini qamrab olishi kerak.
SMART texnologiyasi rahbar yordamchilari tomonidan ham xodimlarni boshqarish va ularga vazifalar qo’yilishida ham ishlatiladi. Shu sababali, ular maqsadga erishishga shaxsan qiziqishlari uchun, yakuniy natijani xodimlarning motivasiyasiga bog’lash kerak.
R – relevant, resours – muvofiq, resurs. Relevant – muvofiq, ushbu vaziyatga mos . SMART-maqsad, ushbu vaziyatga mos bo’lishi lozim. U Sizning vazifangiz qo’shilib
ketmasligi va boshqa maqsadlar hamda ustuvorliklarning muvozanatiga xalaqit qilmasligi lozim [1].
Barcha masalalar bosqichlar va kichik masalalarga ajratilishi kerak.
Ta’limdagi eng katta xato amalga oshiriladigan masalani 1 yilga qo’yib, har chorakka
va kundalik harakat rejalarini tuzmaslikdir. Agar shunday rejalar tuzilib ish olib borilsa, Siz maqsadga erishish yo’lini yaxshiroq tushunasiz. Bu qo’yilgan muammoni hal etishda unga qanday yo’l bilan erishishingizni aniq tushunishingiz muhim.
Ko’rinib turibdiki, SMART texnologiyasining ushbu toifasi (mezoni) ham shaxsni boshqarish bilan aloqador.
Resource – resurs. SMART texnologiyasi hozirda Sizda mavjud bo’lgan resurslar (shaxs, mablag’, vaqt)ni haqqoniy baholashga imkoniyat beradi. Ta’limdagi hususiy xatolaridan biri – bir kishiga turli yo’nalishdagi masalalarni topshirish, ya’ni turli mutaxassislar jamoasi o’rniga barcha yo’nalishlardagi ishlarni bir kishi olib borishidir.
T – time bound – vaqt bo’yicha chegaralar. SMART texnologiya ixtiyoriy vaqt bo’yicha maqsadni chegaralash sharti bilan qo’yiladi. Siz maqsadni bajarilish vaqtini aniq qo’yishingiz yoki aniq bir davrga bog’lashingiz mumkin. Shuni yodda tutish lozimki: Muddatsiz maqsad bajarilmaydi!
Maqsadning dolzarbligi. Smart maqsadlarni qo’yishda inson ularni qimmatliligini, zarurligini sezishi lozim. Smart maqsadlarni to’g’ri qo’yish texnologiyasi qo’yilgan maqsadlarni dolzarbligini, unga erishish usullarini, erishilgan natijalarni o’lchash mumkinligini va aniqlilikni hisobga olishni talab etadi. Ahamiyatli maqsadni qo’yishda Qo’yilgan maqsadni yechish maqsadga erishishda qanday foyda keltiradi? degen savol yordam beradi. Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo’yiladigan savollar 1-2 jadvalda keltirilgan [2], [3].
1-jadval

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə